May – Chirchiq shahrida „Barkamol avlod“ sport oʻyinlari boʻlib oʻtdi. May. Oʻzbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligiga aylantirildi.
1-avgust – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasida oʻlim jazosini bekor qilish toʻgʻrisida“gi farmoni eʼlon qilindi.
30-avgust – Toshkent shahrining Eski shahar hududida Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi qayta ochildi. Oʻzbek liboslari galereyasi, Bolalar ijodiyoti uyi foydalanishga topshirildi.
Avgust – Toshkentdagi Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida „Il“ning yangi avlodi – „Ilyushin Il—76 TD90 VD“ samolyoti chiqarila boshlandi.
5-sentyabr – Toshkent – Buxoro yoʻnalishida tezyurar yoʻlovchi tashuvchi elektr-poyezdi qatnay boshladi.
9-sentyabr – Oʻzbekiston Respublikasi bilan XXR oʻrtasida „Doʻstlik va hamkorlikning sherikchilik munosabatlari toʻgʻrisida“gi Shartnoma (Pekin, 2005-yil 25-may) ratifikatsiya qilindi.
11-12-sentyabr – Oʻzbekiston Tuproqshunoslar va agrokimyogarlar jamiyatining 4-qurultoyi boʻlib oʻtdi.
5-6-noyabr – Toshkentning „Oʻzbekiston“ sport majmuasida badiiy gimnastika boʻyicha jahon kubogi bosqichi – „Sharq goʻzali—2005“ xalqaro turniri boʻlib oʻtdi.
9-noyabr – „Margʻilon shahrining 2000-yilligini nishonlash toʻgʻrisida“ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Noyabr – Toshkent shahrida „Yugnakiy“ yoshlar sport majmuasi ochildi.
28-dekabr – Toshkentning Mustaqillik maydonida Baxtiyor ona haykali ochildi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 3-fevraldagi qarori bilan Mustaqillik obidasi va Baxtiyor ona haykali Mustaqillik va ezgulik monumenti deb nomlandi).