Final bosqichiga saralash bosqichidan oʻtgan beshta jamoa qoʻshilgan, uchta jamoa avtomatik ravishda saralash bosqichlarisiz finalga yoʻllanma olgan. Saralash ikki boʻlimdan iborat edi.
19 va 20-oʻrindagi ishtirokchilar oʻrtasidagi pley-off (Moʻgʻuliston va Makao)
Toʻrtta jamoa uchun toʻrtta saralash guruhi. Har bir guruh g‘olibi eng yaxshi ikkinchi o‘rin sohibi bilan birga finalga yo‘l oldi. Afgʻoniston musoboqani tark etganligi sababli ikkinchi oʻrindagi jamoalar reytingidan toʻrtinchi oʻrindagi jamoalarga qarshi oʻyinlar natijalari chiqarib tashlandi[4].
Pley-off bahslariga A guruhidan Tojikiston hamda Myanma terma jamoalar yoʻllanma olishdi. Bangladesh ilk oʻyinda Tojikistonni 1:2 hisobida magʻlub etganiga qaramay keyingi turlarda omad yuz oʻgirdi. B guruhidan Shimoliy Koreya va Turkmaniston mos ravishda 7 ochko jamlagan holda pley-offga yoʻl olishdi. Toʻplar nisbatiga koʻra Shimoliy Koreyada ustunlik bor edi va shu sababli Shimoliy Koreya terma jamoasi birinchi oʻrin bilan yarim finalga chiqqan. Final oʻyinida Shimoliy Koreya va Turkmaniston qarama-qarshiligi yana duch kelishdi. Asosiy va qoʻshib berilgan vaqt 1:1 hisobidagi durang bilan tugadi. Penaltilar seriyasida Shimoliy Koreya 5:4 hisobida gʻalabaga erishdi.