Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

Adham Ahmadboyev

Ahmadboyev Adham Akromovich
 Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi
Mansab davri
4-yanvar 2017-yil – 1-mart 2017-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Jamshid Fayziyev
Vorisi Otabek Murodov
 Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri
Mansab davri
13-dekabr 2013-yil – 4-yanvar 2017-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Bahodir Matlyubov
Vorisi Abdusalom Azizov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 14-fevral 1962-yil (1962-02-14) (62 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Xizmat yillari 1984-yildan
Unvoni General-mayor (2011-2014)
General-leytenant (2014-2017)
Polkovnik (2017-yildan)

Ahmadboyev Adham Akromovich (oʻzbekcha: Аҳмадбоев Адҳам Акромович, Axmedbaev Adxam Akramovich[1]; 1962-yil 14-fevral, Toshkent) — 2013-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, 2017-yilda Oʻzbekiston Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha Davlat maslahatchisi.

Biografiyasi

Ichki ishlar idoralaridagi faoliyatini 1984-yilda Toshkent shahar Shayxontohur (sobiq oktyabr) tumani militsiyasida uchastka noziri lavozmidan boshlagan.

1989-yildan 2004-yilgacha Toshkent viloyati va Toshkent shahri Ichki ishlar idoralarida turli lavozimlarda ishlagan.

2004-2005 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy tarkib boʻyicha maxsus inspeksiyasi boshligʻi.

2005-2006 yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining masʼul xodimi.

2006-2011 yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.

2011-2013 yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti.

2013-yildan 2017-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri[2].

2017-yil 4-yanvardan 1-martgacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi[3].

2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasida kafedra mudiri.[4]

Oilasi

Otasi — Ahmadboyev Akrom Gʻulomovich, Sanoatkontexnazorat raisi boʻlgan[5]. Qudasi Shodiyev Abdukarim Abdurahmonovich — 1999-yildan 2018-yilgacha Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi rahbari boʻlgan. 2018-yil 9-fevralda qamoqqa olingan. Uning keyingi taqdiri jamoatchilikka nomaʼlum[6].

Ikki nafar farzandi bor.

Manbalar

  1. Vazir va urinbosarlar, 2015-09-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-09-02
  2. Biografiyasi, 2016-03-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-10-16
  3. Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbari oʻzgardi
  4. „arxiv nusxasi“. 2018-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-sentyabr.
  5. Ahmadboyev
  6. Abdukarim Shodiev ushlandi

Yana qarang


Kembali kehalaman sebelumnya