Aleksandar Stoimirović (Serbiya kirillchasi: Александар Стоимировић; 1982-yil 11-dekabr) – serbiyalik sobiq professional futbolchi[1]. Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasida faoliyat olib borgan sobiq murabbiy.
Faoliyati
Yugoslaviyaning Kragujevac shahrida tugʻilgan Stoimirovich oʻz faoliyatini Radnički Obrenovac[2] jamoasida boshlagan. 2004-yilning yozida Xayduk Kula jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Xayduk jamoasi ikki yil faoliyat olib borganidan soʻng, 2006-yilning noyabrida Ukrainaning „Vorskla“ klubi bilan imzolagan[3]. Bir yarim yildan soʻng Vorsklani tark etgan va 2008-yilning iyul oyida Chernomorets klubi bilan shartnoma imzolagan[4]. Aleksandar 2009-yil 8-oktyabrda „Shalke 04“ jamoasining sinov mashg'ulotlariga qoʻshilgan va ikkita oʻrtoqlik oʻyinida ishtirok etgan[5].
Keyinchalik Stoimirović Serbiya Superligasida FK Chukarichki va FK Borac Chachak jamoasida, Ruminiya va Vengriya oliy ligalarida, Petrolul Ployeshti va Pechsi Mechsek FC jamoalari safida oʻynagan[6]. 2013-yilning yozida Serbiyaga qaytib kelgan va oʻzining tugʻilgan oʻsgan shahri, FK Radnički 1923 klubi tarkibida oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati
Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy sifatida oʻqigan va FK Radnichki, FK Gruza, FK Lokomotiv Serbiya, FK Sloga jamoalarida faoliyat yuritgan. 2021-yilda Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etgan Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida Ilhom Mo'minjonovga jismoniy tayyorgarlik bo'yichia murabbiy sifatida yordam bergan[7]. Bir yillik faoliyati davomida „Neftchi“ jamoasi bilan Pro liga gʻolibligini qoʻlga kiritgan. 2022-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasining boshqa bir jamoasi, Namanganning „Navbahor“ klubida bosh murabbiy Samvel Babayanga jismoniy tayyorgarlik boʻyicha yordamchi sifatida faoliyat olib borgan[8][9].
2023-yilgi mavsumda Olmaliqning „AGMK“ jamoasida Mirjalol Qosimovga yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan[10]. 2024-yildan Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi bosh murabbiyi[11]. Yanvar oyida klubda Stoimirović Pro litsenziyasi boʻlmaganligi sababli katta murabbiy lavozimiga tayinlangan[12]. 2024-yil 23-mayda Lokomotiv jamoasini tark etgan.
Manbalar
Havolalar