Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (AEXA; MAGATE) — atom energiyasidan foydalanish boʻyicha hukumatlararo tashkilot, BMTningNyu York konferensiyasi qaroriga binoan tashkil etilgan. Nizomi 1956-yil sentyabrda qabul qilinib, 1957-yil 29 iyulda kuchga kirgan. Bosh qarorgohi — Vena shahri (Avstriya)da. AEXAga 114 mamlakat (1997-yil) a’zo. AEXA maxsus tashkilotlar qatoriga kirishiga qaramay, alohida maqomga ega emas. BMT bilan uning aloqalari 1957-yil 14 noyabrda BMT Bosh Assambleyasi bilan imzolangan bitimga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu bitim va AEXA Nizomiga asosan agentlik har yilda kamida bir marta faoliyati toʻgʻrisida BMT Bosh Assam-bleyasi yoki zarurat paydo boʻlganda uning Xavfsizlik Kengashi oldida hisobot beradi. Agentlikning asosiy maqsadi 770atom energiyasidan tinchlik yoʻlida foy-dalanish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Turli mam-lakatlarda oʻz ilmiy tadqiqot laboratoriyalari bor. AEXA rivojlanayotgan davlatlarga yadro xavfsizligi va radiatsion himoya uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar bilan yordamlashadi. AEXAning asosiy fao-liyatiga kiradigan sohalar: qurol-yarogʻ ishlab chiqaradgan yadro texnologiyasini qattiq nazoratgaolish; yadro energetika-si sohasida yordam koʻrsatish; radioaktiv chiqindilarni toʻgʻri va xavfsiz koʻmish; shu sohaga oid Norma va Qoidalarni eks-pert-yuristlar yordamida tayyorlash; ilmiy tadqiqot dasturlarini qoʻllab-quvvatlash; avari-yalarga oid dasturlar ishlab chiqish; qishloq xoʻjaligida yadroviy usullar va radioaktiv mod-dalar yordamida hosildorlik va tuproq unumdorligini oshirish; qishloq xoʻjaligi va chorva-chilikda hasharotlar va kasalliklarga qarshi kurashda yordam berish va boshqa Oʻzbekiston Respublikasi 1994-yil 21 yanvar da AEXAga a’zo boʻlib, xalqaro standartlarni tan olish, atom energiyasidan xalq xoʻjaligida foydalanish, radioaktiv moddalar bilan xavf-xatarsiz ishlashda xalqaro standartlar, qonun-qoidalarga rioya qilishni oʻz zimmasi-ga olgan. Agentlik oliy organi — Bosh konferensiya a’zo davlatlarning vakil-laridan tashkil topgan va har navbatdagi sessiyaga yigʻiladi. Nizom boʻyicha navbatdan tashqari sessiyalar oʻtkazish ham koʻzda tutilgan. AEXA Boshqaruvchilar kengashi agentlik ishlab chiqqan dastur, atom energiyasi sohasida umumiy siyosat va boshqaruv ishlarini amalga oshiradi. Mazkur kengash tarkibiga 35 davlat va-killari kiradi[1].