Ukraina hududiy yaxlitligi boʻyicha BMT Bosh Assambleyasining 68/262 raqamli rezolyutsiyasi - 2014-yilning27-mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 68-sessiyasida qabul qilingan xujjat hisoblanadi. Rezolyutsiyasiga koʻra, BMT Ukraina hududiy yaxlitligini xalqaro tan olingan chegaralari va suverenligini qoʻllab-quvvatlaydi va tasdiqlaydi. Shu bilan birga, rezolyutsiyada Qrim Muxtor Respublikasi va Sevastopol shahri statuslari 2014-yilning 16-mart kuni umumqrim regerendumi natijalari bilan tan olinmasligi ham taʼkidlab oʻtilgan.[1]
BMTga aʼzo 193 davlatlardan 100 tasi rezolyutsiyani qoʻllab-quvatladi, 58 ta davlat ovoz berishda betaraflikni tanladi, 11 ta davlat esa ushbu rezolyutsiya qabul qilinishiga qarshi ovoz berdi. Qolgan 24 ta aʼzo davlatlar esa ovoz berishda umuman qatnashmadi. Rezolyutsiya loyihasi Kanada, Kosta-Rika, Litva, Olmoniya, Polsha va Ukraina delegatsiyalari tomonidan tayyorlangan. Yana 41 ta davlat esa loyihani hamkor sifatida qoʻllab-quvvatlagan.[2]