Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

Baxtiyor Olimjonov

Baxtiyor Mamajonovich Olimjonov (1949-yilda[1] tugʻilgan) — oʻzbek iqtisodiy va davlat arbobi, Surxondaryo viloyati hokimi (2000-yil 24-mart — 2002-yil 21-fevral).

Tarjimai holi

Mehnat faoliyatini Andijon viloyati qishloq xoʻjaligida boshlagan. 1998-yilgacha „Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish“ davlat kooperativ konserni raisi boʻlgan. 1998-yildan Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari, qishloq va suv xoʻjaligi vaziri boʻlgan. 2000-yil 23-martda Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov Alimjonovni Surxondaryo viloyati hokimi lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi, 24-mart kuni boʻlib oʻtgan viloyat Kengashining sessiyasida uni lavozimiga tasdiqladi[2] . 2000-yil oktyabr oyidan 141-son Jarqoʻrgʻon saylov okrugi boʻyicha Oliy Majlisga deputat etib saylangan, 2002-yilda agrar, suv xoʻjaligi va oziq-ovqat masalalari boʻyicha Oliy Majlis Senati qoʻmitasi raisining oʻrinbosari boʻlgan.

Manbalar

Kembali kehalaman sebelumnya