Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

Chorvachilik

Chorvachilik
parrandachilik
qoramolchilik

Chorvachilik – qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlaridan biri. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish uchun chorva mollarini boqish va urchitish bilan shugʻullanadi; aholini ish hayvonlari (ot, hoʻkiz, tuya, bugʻu), oziqovqat mahsulotlari (sut, qatiq, goʻsht, yogʻ, tuxum va boshqalar), yengil sanoatni xom ashyo (jun, teri, moʻyna va hokazo), dehqonchilik organik oʻgʻit bilan taʼminlaydi. Chorvachilik mahsulotlari va chiqindilaridan ayrim ozuqalar (yogʻi olingan sut, goʻshtsuyak uni, suyak uni va boshqalar), shuningdek, har xil doridarmonlar (shifobaxsh zardoblar, gormonal preparatlar va boshqalar) olinadi. Chorvachilikning taraqqiy etishi va mahsuldorligi dehqonchilikning rivojlanishi, yerdan intensiv foydalanish bilan chambarchas bogʻliq. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari: qoramolchilik, qoʻychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, parrandachilik, asalarichshshk, choʻchqachilik, quyonchilik, darrandachilik, bugʻuchilik, itchiliklan iborat. Jahon mamlakatlarida tabiiyiqlim sharoitlari va ozuqa bazasiga koʻra Chorvachilik rivoji oʻziga xos xususiyatlarga ega. Jahon Chorvachilikda (mln. bosh) qoramol 1338,2; qoʻy 1068,6; echki 709,8; buyvol – 158,6; ot – 61,095; xachir – 14,1; eshak – 43,4; tuya – 19,1; choʻchqa – 912,7; tovuq – 14139; kurka – 244 va boshqa boqiladi va ulardan turli mahsulotlar yetishtirish muhim oʻrinda turadi (1999). Goʻsht yetishtirish hajmi 225,9 mln. t ni, sigir suti yetishtirish 480,6 mln. t ni (yoki har bir sigirdan oʻrtacha 2071 kg ni) tashkil etdi.

Chorvachilik inson tomonidan yovvoyi hayvonlarni ovlash va ularni xonakilashtirish maqsadida qoʻlga oʻrgatishdan boshlangan. Arxeologik dalillar hayvonlarni xonakilashtirish yangi tosh davrida – neolitda bundan 15—10 ming yil avval boshlanganini koʻrsatadi. Bu davrda odam takomillashgan tosh qurollarga ega boʻlgan, olovni bilgan va sopol idishlardan foydalangan. Eng avval it, soʻngra choʻchqa, qoʻy va keyinchalik qoramollar va otlar (7—8 ming yillar ilgari) xonakilashtirilgan. Osiyoning jan.gʻarbiy qismi va Oʻrta dengiz atroflari hayvonlarni xonakilashtirishning asosiy markazlari hisoblanadi. Yevropada qoramollar, ot, qoʻy, echki, choʻchqa, quyon, it, parrandalardan oʻrdak va gʻozlar, Osiyoda buyvol, qoʻtos, oʻrkachli va oʻrkachsiz tuyalar, qoramol, echki, qoʻy, choʻchqa, ot, it, quyon, tovuq, oʻrdak, gʻoz va tovuslar xonakilashtirilgan. Afrikada qoramollar, bir oʻrkachli tuya, eshak, choʻchqa, mushuk, it, sesarka tovuqlar, qoʻy va echkilar qoʻlga oʻrgatilgan. Amerikada oʻrkachsiz tuyaning ikki turi – lama va alpaka, dengiz choʻchqasi, kurka va muskus oʻrdaklar xonakilashtirilgan. Natijada inson tomonidan ularning sifat va son koʻrsatkichlariga ahamiyat berilib, hayvonlardan nayel olish, sekinasta mahsulot yoʻnalishlari boʻyicha zotlari chiqarilgan. Oʻrta Osiyo hududi ham Chorvachilik dastlab shakllangan hududlar qatoriga kiradi.

Chorvachilik koʻchmanchshik hayot tarzini vujudga keltirdi. Daryo boʻyi, choʻl va togʻ oldi, koʻl atroflarida ovchilik, balikchilik bilan shugʻullangan jamoalarning madaniyatlari rivojlanib borgan sayin Chorvachilik ham rivojlanib bordi. Jumladan, Xorazm hududida Amudaryoning quyi havzasida topilgan Kaltaminor madaniyati miloddan avvalgi 4—3ming yillikda yashagan ovchilar va balikchilar jamoasi madaniyatlaridan biri hisoblanadi.

Miloddan avvalgi 2—1asrlarda Davan (Fargʻona)da dehqonchilik madaniyati va yilqichilik yuksak darajada rivojlangan. Aeecmojxa keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, sut va goʻsht beradigan qoramolchilik, qoʻychilik, yilqichilik, sut va goʻsht mahsulotlarini qayta ishlash ixtisoslashgan soha sifatida bundan 3000-yil oldin shakllangan. 20-asr boshlariga qadar Oʻzbekistonda koʻchmanchilik bilan uzviy bogʻliq boʻlgan qoʻychilik, echkichilik, tuyachilik, otchilik, shuningdek, vohalarda qoramolchilik koʻproq rivojlandi.

Oʻzbekiston hududida 1916-yil qoramollar soni 1342 ming boshni, shu jumladan, sigirlar 481 ming boshni, qoʻy va echkilar 3821 ming boshni, otlar 517 ming boshni tashkil qilgan.

20-asrning 20-yillaridan boshlab Chorvachilikning ilmiy bazasini yaratish, hududlarning tabiiyiqtisodiy sharoiti va ozuqa bazasi resurslariga qarab mintaqalar boʻyicha rivojlantirish ishlari boshlandi. Sugʻorma dehqonchilik hududlaridagi xoʻjaliklarda sut, sut va goʻsht yoʻnalishidagi qoramolchilik, parrandachilik va choʻchqachilik, togʻ oldi mintaqalari, Amudaryoning quyi oqimi va Orol boʻyi qamishzor va toʻqayli hududlarida goʻshtdor qoramolchilik, goʻshtyogʻ qoʻychiligi, yilqichilik, choʻl yaylovlarida qorakoʻlchilik rivojlantirildi. Kammahsul mollarni chatishtirish va respublikaga koʻplab nasldor mollarni olib kelish natijasida qoramollarning qoraola, qizil choʻl, shvits, bushuyev zotlari soni koʻpayib mahsuldor podalar guruhi shakllantirildi. Zotlarning rnlashtirilgan hududlari belgilandi. Qorakoʻlchilikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Ixtisoslashtirilgan yirik qorakoʻlchilik xoʻjaliklari katta iqtisodiy samara keltirdi. 1930—33 yillardan boshlab chorvachilikning naslchilik zdlari, xoʻjaliklari, fermalari, styalari va korxonalarining tashkil etilishi naslchilik tizimining shakllanishida muhim burilish boʻldi.

1932-yil Chorvachilik tajriba styasi va 1935—39 yillarda Butunittifoq qorakoʻlchilik, Oʻzbekiston chorvachilik va Oʻzbekiston veterinariya ilmiy tadqiqot intlarining tashkil etilishi Chorvachilikda ilmiy tadqiqot ishlarini oʻtkazish, Chorvachilik fanini rivojlantirish hamda uning istiqbolini belgilash, xoʻjaliklarda yangi texnologiyalarni joriy etishda muhim omil boʻldi. Chorva mollarining sermahsul podalari guruhi kengaytirildi va rnlashtirilgan zotlari takomillashtirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, qishloq xoʻjaligida tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida davlat xoʻjaliklari jamoa, shirkat xoʻjaliklariga aylantirildi, chorvachilik, aksariyat xoʻjaliklarning qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi, dehqon va Chorvachilik yoʻnalishidagi fermer xujaliklari tashkil etila boshladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 15-martda „Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida“gi, 1994-yil 23-fevralda „Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xujaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari toʻgʻrisida“, 1995-yil 24-martdagi „Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qoʻllabquvvatlash choratadbirlari toʻgʻrisida“ qarorlariga koʻra, jamoa xoʻjaliklarining zarar bilan ishlayotgan 1499 qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi (1995). Natijada respublikada ishlab chiqarilayotgan goʻsht va sutning 75% ni xususiy sektor bera boshladi. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 25 dekabrda qabul qilingan „Naslchilik toʻgʻrisida“ qonuni Chorvachilikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.

1990—2003-yillar mobaynida respublikaning barcha toifadagi xoʻjaliklarida qoramollar soni 28,2% ga, sigirlar 38, qoʻy va echkilar 7, otlar 36% ga, sut yetishtirish 32,8% ga, goʻsht yetishtirish 18,6% ga koʻpaydi, Chorvachilik mahsulotlarining asosiy qismi dehqon va fermer xujaliklari hissasiga toʻgʻri keladi (Oʻzbekistonda mollar soni, Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish koʻrsatkichlari 1 va 2jadvallarda berilgan).

CH. ozuqa bazasini mustaxkamlash tadbirlari olib borilmoqda. Respublika ekin maydonlarining 10% ga yaqin kismiga yemxashak ekinlari ekiladi. Tabiiy va madaniy yaylovlardan foydalanish samaradorligini oshirish ishlari davom etmoqda. Aralash yem, oqsilmineral yem qoʻshimchalari, yem ozuqa achitqilari ishlab chiqarish hajmlari koʻpaymoqda. Chorvachilikda veterinariya xizmati koʻrsatish – kasalliklarning oddini olish va davolash, Chorvachilik maxsulotlari veterinariyasanitariya ekspertizasi hayvonlar kasalliklariga karshi kurash styalari, veterinariya shifoxonalari va punktlarida, veterinariya labda olib boriladi.

Respublikada chorvador mutaxassislar kollejlar, Toshkent agrar universiteti, Samarkand, Andijon qishloq xoʻjaligi intlarida tayyorlanadi. Chorva hayvonlari zotini yaxshilash, mahsuldor podalar guruhini koʻpaytirish va yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish maqsadida Respublika Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Chorvachilik, parrandachilik va balikchilikni rivojlantirish Bosh boshqarmasi, Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi, Davlat veterinariya Bosh boshkarmasi va „Oʻzbek ipagi“ uyushmasi tashkil etilgan, ularni asrash va parvarishlashsa yangi texnologiyalarni ishlab chiqish bilan vazirlikning Qishloq xoʻjaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi tarkibidagi Oʻzbekiston chorvachilik, Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi intlari, Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy tadqiqot markazi va Ipakchilik instituti, Oʻzbekiston veterinariya, Oʻzbekiston veterinariyasanitariya va akarologiya (1991) intlari shugʻullanadi. Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida davlat mintaqaviy baliq chavoqlari yetishtirish pitomnigida baliq zotlari (kora, ok, amur, doʻng peshona) yetishtiriladi.

„Naslxizmat“ respublika naslchilik uyushmasi qishloq xoʻjaligi subʼyektlariga chorvachilik boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi. Davlat naslchilik korxonasi qoramollarning turli zotlari boʻyicha sunʼiy urugʻlantirishda foydalanish uchun muzlatilgan urugʻlarni qadoqlab, sunʼiy urugʻlantirish bilan shutullanuvchi „Naslxizmat“ tashkilotlariga yetkazib beradi.

Chet mamlakatlarda sut va goʻsht yoʻnalishidagi qoramolchilik, ayniqsa, Yevropa mamlakatlari (Gollandiya, Daniya, Germaniya, Rossiya), AQSH, Kanada, Yangi Zelandiya, qoʻychilik Angliya, Avstraliya, Rossiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida jadal rivojlandi. Sutchilik yoʻnalishidagi qoramolchilikrivojlangandavlatlarda (AQSH, Kanada, Niderlandiya, Germaniya va boshqalar) sigirlardan oʻrtacha 8000–11000 kg sut sogʻib olinadi. Sut mahsulotlari bilan taʼminlanishning eng yuqori koʻrsatkichlari (aholi jon boshiga 1950 kg) Yangi Zelandiya, Daniya va Gollandiyaga xos. Qoramol goʻshti bilan taʼminlanish esa Argentina (110 kg) va Urugvayga (106 kg) toʻgʻri keladi. Jahon mshyosida Chorvachilikning barcha sohalari ixtisoslashgan holda jadal rivojlanmoqda. Sermahsul zotlar va samarali texnologiyalar yaratilib, Chorvachilikka keng joriy qilinmoqda.

Yana qarang

Adabiyotlar

  • Shchekin V. A., Chorvachilik, T., 1968; Nosirov U., Qoramolchilik, T., 2001.

Ubaydulla Nosirov, Izzatulpa Eshmatov.




Read other articles:

مقاطعة مونتكالم     الإحداثيات 43°19′N 85°09′W / 43.31°N 85.15°W / 43.31; -85.15  [1] تاريخ التأسيس 1831  تقسيم إداري  البلد الولايات المتحدة[2]  التقسيم الأعلى ميشيغان  العاصمة ستانتون  التقسيمات الإدارية ستانتون  خصائص جغرافية  المساحة 1967 كيلومتر

 

ГондрексанжGondrexange   Країна  Франція Регіон Гранд-Ест  Департамент Мозель  Округ Саррбур-Шато-Сален Кантон Решикур-ле-Шато Код INSEE 57253 Поштові індекси 57815 Координати 48°41′06″ пн. ш. 6°55′42″ сх. д.H G O Висота 266 - 319 м.н.р.м. Площа 22,88 км² Населення 502 (01-2020[1]) �...

 

1970 studio album by Lee MorganThe Sixth SenseStudio album by Lee MorganReleasedMid July 1970[1]RecordedNovember 10, 1967September 13, 1968StudioVan Gelder Studio, Englewood Cliffs, NJGenrePost-bop, hard bopLength39:04 original LP56:25 CD reissueLabelBlue NoteBST 84335ProducerFrancis Wolff (#1-6)Duke Pearson (#7-9)Lee Morgan chronology The Procrastinator(1967) The Sixth Sense(1970) Taru(1968) The Sixth Sense is an album by jazz trumpeter Lee Morgan, released on the Blue Note l...

August Haarmann (* 4. August 1840 in Blankenstein (Ruhr); † 7. August 1913 in Osnabrück[1]) war ein deutscher Eisenhütten-Ingenieur und Industrie-Manager. Inhaltsverzeichnis 1 Leben 2 Auszeichnungen 3 Schriften 4 Literatur 5 Weblinks 6 Einzelnachweise Leben Haarmannsche Schwellenschiene, Querschnittszeichnung Das zweite Profil von rechts ist ein von Haarmann aus drei Einzelprofilen zusammengesetztes Rillenschienenprofil, das bei der Straßenbahn Leipzig verwendet wurde August Haar...

 

Halaman ini berisi artikel tentang tim Olimpiade yang dimulai pada tahun 1952. Untuk tim yang tampil dari tahun 1932 hingga 1948, lihat Republik Tiongkok pada Olimpiade. Tiongkok padaOlimpiadeKode IOCCHNKONKomite Olimpiade TiongkokSitus webwww.olympic.cn (Tionghoa)Medali 261 200 173 Total 634 Penampilan Musim Panas19521956–19801984198819921996200020042008201220162020Penampilan Musim Dingin198019841988199219941998200220062010201420182022Penampilan terkait lainnya Republik Tiongkok ...

 

Dal big bang ai buchi neri. Breve storia del tempoTitolo originaleA Brief History of Time AutoreStephen Hawking 1ª ed. originale1988 GenereSaggio SottogenereScientifico Lingua originaleinglese Modifica dati su Wikidata · Manuale Dal big bang ai buchi neri. Breve storia del tempo è un popolare saggio di divulgazione scientifica scritto da Stephen Hawking e pubblicato nel 1988. Indice 1 Contenuti 2 Edizioni 3 Voci correlate 4 Altri progetti 5 Collegamenti esterni Contenuti L'intento del...

この記事には複数の問題があります。改善やノートページでの議論にご協力ください。 出典が不足しています。存命人物の記事は特に、検証可能性を満たしている必要があります。(2019年7月) 正確性に疑問が呈されています。(2019年7月)出典検索?: ホセ・アントニオ・リベラ – ニュース · 書籍 · スカラー · CiNii · J-STAGE · NDL · dli...

 

This article relies largely or entirely on a single source. Relevant discussion may be found on the talk page. Please help improve this article by introducing citations to additional sources.Find sources: Gervase of Canterbury – news · newspapers · books · scholar · JSTOR (May 2011) Gervase of Canterbury (/dʒərˈveɪz/; Latin: Gervasus Cantuariensis or Gervasius Dorobornensis) (c. 1141 – c. 1210) was an English chronicler. Life If Gervase's br...

 

Augustin Fresnel Makam Fresnel di Pemakaman Père-Lachaise, Paris (divisi 14)[1] Augustin-Jean Fresnel (/ˈfreɪn-, ˈfrɛn.ɛl, -əl/ FRAYN--,_-FREN-el-,_--əl or /freɪˈnɛl/ FRAY-nel;[2] bahasa Prancis: [oɡystɛ̃ ʒɑ̃ fʁɛnɛl];[3] 10 Mei 1788 – 14 Juli 1827) merupakan seorang insinyur sipil dan fisikawan Prancis yang penelitiannya di bidang optika mendapat penerimaan hampir bulat teori gelombang cahaya, tidak termasuk sisa-sisa teori korpuskular Newton...

Campeonato Guianense de Futebol Feminino de 2023-24 GFF Women's League Division 1 Dados Participantes 6 Período 14 de outubro de 2023 – março de 2024 Campeão a definir ◄◄ GFF Women's League 2022-23 GFF Women's League 2024-25 ►► A GFF Women's League é a 4ª edição oficial do Campeonato Guianense de Futebol Feminino, e a 1ª no atual formato. É organizada pela Federação de Futebol da Guiana (GFF) e conta com a participação de 6 clubes na Division 1, a primeira divisão.[1] ...

 

Russian footballer Pyotr Bystrov Personal informationFull name Pyotr Aleksandrovich BystrovDate of birth (1979-07-15) 15 July 1979 (age 44)Place of birth Gorky, Soviet UnionHeight 1.78 m (5 ft 10 in)Position(s) MidfielderYouth career FC Lokomotiv Nizhny NovgorodSenior career*Years Team Apps (Gls)1996–1997 FC Lokomotiv-d Nizhny Novgorod 30 (5)1997–2000 FC Lokomotiv Nizhny Novgorod 64 (2)2000–2001 FC Dynamo Moscow 36 (6)2002–2005 FC Saturn Ramenskoye 91 (13)2006–20...

 

American football player (born 1990) For other people named Robert Quinn, see Bob Quinn. American football player Robert QuinnQuinn with the Rams in 2015Personal informationBorn: (1990-05-18) May 18, 1990 (age 33)Ladson, South Carolina, U.S.Height:6 ft 4 in (1.93 m)Weight:245 lb (111 kg)Career informationHigh school:Fort Dorchester(North Charleston, South Carolina)College:North Carolina (2008–2010)Position:Defensive endNFL Draft:2011 / Round: 1 /...

جزء من سلسلة مقالات حولالعنف ضد المرأة القضايا اعتداءات رش الحمض كي الثدي العنف خلال فترة المواعدة حرق العروس عنف العلاقات عنف أسري لمحة عن العنف الأسري معالجة العنف الأسري العنف الأسري والحمل عنف الشريك الحميم قتل بسبب المهور إغاظة حوائية جرائم الشرف ختان الإناث ختان جي�...

 

European political entity (800–1806) HRE redirects here. For other uses, see HRE (disambiguation). Not to be confused with Roman Empire. Holy Roman EmpireSacrum Imperium Romanum (Latin)Heiliges Römisches Reich (German)Holy Roman Empire of theGerman NationSacrum Imperium Romanum Nationis Germanicae (Latin)Heiliges Römisches Reich Deutscher Nation (German)800/962[a]–1806 Imperial Banner (c. 1430–1806) Coat of arms(15th century design) Quaternion Eagle (...

 

Central IntelligencePoster rilis teatrikalSutradara Rawson Marshall Thurber Produser Michael Fottrell Peter Principato Scott Stuber Paul Young Ditulis oleh Ike Barinholtz David Stassen Rawson Marshall Thurber Skenario Ike Barinholtz David Stassen Rawson Marshall Thurber Cerita Ike Barinholtz David Stassen Pemeran Dwayne Johnson Kevin Hart Amy Ryan Aaron Paul Penata musik Theodore Shapiro Ludwig Göransson SinematograferBarry PetersonPenyuntingMichael L. SalePerusahaanproduksi New Line C...

يفتقر محتوى هذه المقالة إلى الاستشهاد بمصادر. فضلاً، ساهم في تطوير هذه المقالة من خلال إضافة مصادر موثوق بها. أي معلومات غير موثقة يمكن التشكيك بها وإزالتها. (ديسمبر 2019) 1939 في النرويجمعلومات عامةالسنة 1939 البلد النرويج 1938 في النرويج 1940 في النرويج تعديل - تعديل مصدري - تعديل وي...

 

Part of a series on theCulture of Montenegro History Roman period Praevalitana Duklja Zeta under Nemanjići under Balšići under Crnojevići Venetian period Venetian Albania French period Illyrian Provinces Ottoman period Sanjak Vilayet Austrian period Venetian Province Kingdom of Dalmatia Prince-Bishopric Principality Kingdom (1910–18) Kingdom of Yugoslavia Zeta Banovina World War II Italian governorate of Montenegro German occupied territory of Montenegro CASNO SFR Yugoslavia Socialist R...

 

总裁在上我在下I Love My President Though He Is A Psycho类型偶像剧导演李遥波主演 朱圣祎、潘子剑、叶小开、翁虹、楷旋 制作国家/地区 中华人民共和国语言汉语普通话集数10集每集长度约75分钟制作制作人陈未衾制作公司 新片场影业 播出信息 首播频道乐视视频播出国家/地区 中国播出日期2017年2月24日 (2017-02-24)—2017年4月28日 (2017-04-28) 《總裁在上我在下》(英語...

Square in Kathmandu, Nepal This article needs additional citations for verification. Please help improve this article by adding citations to reliable sources. Unsourced material may be challenged and removed.Find sources: Kathmandu Durbar Square – news · newspapers · books · scholar · JSTOR (December 2017) (Learn how and when to remove this template message) Kathmandu Durbar SquareNative name Newar: Ye LāyekūKathmandu Durbar SquareLocationKathmandu, ...

 

British Airways Penerbangan 2069G-BNLM, pesawat yang terlibatRingkasanTanggal29 Desember 2000RingkasanPercobaan pembajakanLokasiDiatas langit SudanPenumpang379/389Cedera4Tewas0SelamatSemuaJenis pesawatBoeing 747-400OperatorBritish AirwaysRegistrasiG-BNLMAsalBandar Udara Gatwick, London, Britania RayaTujuanBandar Udara Internasional Jomo Kenyatta, Nairobi, Kenya British Airways Penerbangan 2069 adalah jadwal penerbangan penumpang yang dioperasikan oleh British Airways antara Gatwick, Ingg...

 
Kembali kehalaman sebelumnya