Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

Edgar Adrian

Edrian Edgar Duglas (1889.30.11, London 1977.4.8) – ingliz fiziologi. London qirollik jamiyati aʼzosi (1923-yildan; prezidenti 1950—55). Kembrij universitetini, Triniti kollejini tugatgan (1915) va shu kollejda fiziologiyadan leksiya oʻqigan (1937-yildan professor; 1951-yildan rektor). Ilmiy faoliyati sezgi aʼzolari va nerv oʻtkazuvchanligi elektrofiziologiyasiga oid eng birinchilardan boʻlib elektronikani fiziologik tadqiqotlarda qoʻllagan. Nobel mukofoti laureati (1932; Ch. Sherrington bilan hamkorlikda)[1]. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1923) va prezidenti (1950-1955). Edgar asosiy ishlari nerv hujayralari elektrofiziologiyasiga bagʻishlangan. Fiziologik tadqiqotlarda elektronikadan foydalanish kashfiyot boʻlgan va ajoyib eksperimentator sifatida tanilgan. Edrian birinchi marta bitta nerv tolalari va nerv uchlari ustida tajribalar oʻtkazgan. 1934-yildan beri Edrian miyaning elektrofiziologik tadqiqotlari va uning funktsiyalari buzilishini oʻrganish bilan shugʻullanadi.

Biografiyasi

1889-yil 30-noyabrda Londonda hukumat komissiyasining advokati Alfred Duglas Adrian va Flora Laviniya Adrianning (qizalik ismi Barton) oʻgʻli boʻlib tugʻilgan.

1908-yilda Vestminster maktabini tugatgach, Adrian Kembrij universiteti Triniti kollejiga oʻqishga kirdi, u yerda fiziologiya va boshqa tabiiy fanlarni oʻrgandi va 1911-yilda beshta alohida fan boʻyicha aʼlo baholar bilan davlat imtihonidan oʻtib, bakalavr darajasini oldi. 1913-yilda Adrian nerv tolalari boʻyicha olib borgan tadqiqotlari ishlari bilan kollejda ilmiy xodim lavozimini egallaydi. Keyin Edrian Londondagi Avliyo Bartolomey gospitalida tibbiyot fakultetida tahsil oldi, u yerda Birinchi jahon urushi paytida nervlari shikastlangan va kontuziyaga uchragan askarlarni davolaydi va 1915-yilda tibbiyot darajasini oldi.

1919-yilda Kembrijga qaytib, inson asab tizimi boyicha dars oʻta boshlaydi. 1923-yilda Edrian Qirollik Tibbiyot Jamiyatiga qabul qilindi. Oʻsha yili Adrian Ester Pinsentga uylandi, uning otasi shotland faylasufi Devid Hum edi. Oilaning uchta farzandi bor edi – bir oʻgʻil va ikki qiz.

1925-yilda Edgar Adrian elektr usullari yordamida inson sezgilarini tadqiq qila boshladi va 1928-yilda nerv hujayralarida elektr mavjudligini tasdiqlovchi kashfiyot qildi. 1929- yilda Edrian qirollik jamiyatining Foulerton tadqiqot professori unvoniga sazovor boʻlib, kasallik sabablari va inson azobini yengillashtirish haqidagi kashfiyotlari uchun mukofotlangan.

1937-yilda Adrian Jozef Barkroftdan keyin Kembrij universitetida fiziologiya professori lavozimini egallaydi, Edrian 1951-yilgacha bu lavozimda ishlagan. 1951-yildan 1965-yilgacha Edgar Adrian Trinity kollejini raxbari boʻlgan.


Manbalar

Kembali kehalaman sebelumnya