Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

Hindiston konstitutsiyaning xususiyatlari

Hozirgi paytda yuzdan ziyod amalda boʻlgan konstitutsiyalar mavjud, ulardan baʼzilari yuz yil avval qabul qilingan, biroq konstitutsiyalarning aksariyati ikkinchi jahon urushidan soʻng paydo boʻlgan. Hozirda amalda boʻlgan konstitutsiyalarning har biri oʻziga xos xususiyatlarga ega. Ularda muvofiq mamlakatlarning ijtimoiy, milliy, siyosiy, tarixiy, diniy va oʻzga xususiyatlari oʻz aksini topdi. Shu bilan birga konstitutsiyalarning barchasida maʼlum darajadagi umumiy, mos keluvchi taraflar mavjud.

Barcha konstitutsiyalar u yoki bu shaklda xalq suveriniteti shiorini eʼlon qiladi. Bu borada ham eski va yangi konstitutsiyalar bir xildir. Odatda konstitutsiyalarda hokimiyat taqsimlanish nazariya sining asosiy tamoyillari keltirib, mustahkamlanadi. Baʼzi bir konstitutsiyalarda hokimiyat taqsimlanish konsepsiyasi maʼno jihatidan aniq ifodalanmagan, u goʻyoki nazarda tutiladi, unga tayanib uni asos sifatida qabul qilishadi. Boshqa konstitutsiyalarda hokimiyatning taqsimlanish tamoyillari muvofiq qonunlarda aniq ifodalangan.

Barcha konstitutsiyalar muvofiq davlatning hokimiyat shakli, yaʼni respublika yoki monarxiyani oʻrnatadi va mustahkamlaydi. Bu masala boʻyicha konstitusion qoidalar turli boʻlishi mumkin, ammo ular albatta asosiy qonunning matnida doimo mavjud.

Hindiston konstitutsiyasining preambulasida shunday deyilgan: „Biz Hindiston xalqi Hindistonni suveren demokratik respublika sifatida taʼsis etishga tantanali qaror qildik“.

Hokimiyatning monarxik shakli aksariyat holda bilvosita belgilanadi, yoxud konstitutsiya matnidan mantiqan chiqariladi, biroq bu borada toʻgʻridan-toʻgʻri holatlar boʻlmasligi ham mumkin.

Konstitutsiyalar davlat tuzilmasining shakli

Konstitutsiyalar davlat tuzilmasining shakli unitarizm yoki federatsiyani belgilab berib mustahkamlaydi, biroq asosiy qonunning matnida bu haqda bevosita koʻrsatmalar boʻlmasligi ham mumkin. Bunday holatda davlat tuzilmasining shakli haqida soʻz yuriitmaslik, mamlakat hududining milliy siyosiy tashkilotining eng keng tarqalgan uslubi sifatida unitarizmni tan olinishi nazarda tutiladi. Biroq federativ davlatlarning oʻzida ham „federatsiya“ atamasi yoki undan yasalgan soʻzlar ham uchramasligi mumkin. Bir qator holatlarda konstitutsiya sinonimlardan foydalanadi, masalan, Hindiston konstitutsiyasida Ittifoq haqida soʻz yuritiladi. Barcha konstitutsiyalar u yoki bu shaklda fuqarolarning demokratik erkinliklarini eʼlon qiladilar va belgilab beradilar. Odatda, asosiy qonunning matnida muvofiq bob yoki boʻlim mavjud boʻladi.

Barcha konstitutsiyalar davlat hokimiyatining oliy organlari tizi mini tashkillashtirish tamoyillari va uning tarkibiga kirgan tizimlar faoliyatining tartibini belgilab beradi. Ularning qatoriga davlat rahbari, hukumat, parlament va baʼzi bir mamlakatlarda konstitusion nazoratning oliy organi kiradi. Bundan tashqari konstitutsiyalarda saylov, referendum va qonun chiqarish kabi muhim siyosiy jarayon larni tartibga solish asoslari ham belgilanadi. Konstitutsiyalar to monidan tartibga solinadigan masalalar doirasi farqlidir, ammo eski konstitutsiyalar umumiyroq degan xulosaga kelish mumkin.

Erkin raqobat davridagi konstitutsiyalar „qisqa va noaniqroq“ boʻlgan. Asosiy qonunning bunday noaniqligi „erkinroq“ boshqarish imkoniyatini berar edi, bunda konstitusion qonunlarni oddiy qonun, ijro hokimiyatining meʼyoriy aktlari talqinlar yordamida toʻldirish. Oʻzgartirish imkoniyatini bergan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng qabul qilingan konstitutsiyalar odatda batafsilroqdir.

Hozirgi paytda jahonda 200 dan ziyod davlatlar mavjud va har bir davlat mazkur davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy xususiyatlarini aks etuvchi oʻz huquqiy tizimiga ega. Bu borada quyidagilarni ajratadilar: – ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanish boʻyicha: Gʻarbning yuqori rivojlangan mamlakatlari, jumladan, Yaponiya; oʻrta rivojlangan kapitalizm davlatlari (Izroil, Turkiya, Malta va x.k.); Yevropaning sobiq sotsialistik mamlakatlari (Albaniya, Polsha, ruminiya va x.k.); Yevropa mustamlaka davlatlarining mustamlaka yoki tobe hududi boʻlgan rivojlanayotgan mamlakatlar (Pokiston, Hindiston, Misr va x.k.); sotsialistik hisoblanuvchi davlatlar (Xitoy Xalq Respublikasi, Kuba, Vetnam);

– Hokimiyat shakli boʻyicha: Respublika va monarxiya;

– davlat tuzilmasi shakllari boʻyicha: unitar va federativ;

– partiyaviy tizim boʻyicha: koʻp partiyali tizim; ikki partiyali tizim; bir partiyali tizim;

– va boshqa tasniflar;

Hindistonningning konstitusion huquqi

Xorijiy mamlakatlarning konstitusion huquqi ijtimoiy hayotning 4 ta bosh sohasini tartibga soladi: yaʼni iqtisod (mulk munosabatlari asoslari), ijtimoiy munosabatlar (davlatning ijtimoiy roli), siyosat (siyosiy partiyalar roli va tashkil topish tartibi, saylovlar tartibi, davlat tashkiloti), mafkura (mafkuraviy koʻp fikrlilik). Ular xorijiy mam lakatlar konstitusion huquqining predmetini tashkil qiladi, shunday qilib u yoki mamlakatning huquq tarmo-i sifatidagi konstitusion huquq bu shaxslar, jamoa, davlat va jamiyatning huquqiy oʻzaro aloqalarining asoslarini mustahkamlovchi va tartibga soluvchi, davlat hokimiyatini amalga oshirish uchun qonuniy shart-sharoitlarni bel gilab beruvchi, unda ishtirok etish, unga bosim oʻtkazish, u uchun tinchlik yoʻllari, konstitusion vositalar bilan kurash olib borishni belgilab beruvchi ichki muvofiqlashtirilgan meʼyorlar tizimidir.

Hindiston konstitutsiyasi Hindistonning oliy qonuni, konstitutsiya bu fundamental siyosiy tamoyillar barpo etilgan, hukumatning tuzilmasi, jarayonlari vakolat va majburiyatlari belgilangan hamda fuqarolarning asosiy huquq va majburiyatlari aks etilgan asosdir.

Hindiston konstitutsiyasi taʼsis kengashi tomonidan 1949 yilning 26 noyabrida qabul qilingan, yaʼni Hindiston mustaqillikka erishgandan 2 yil oʻtgandan soʻng va 1950 yil 26 yanvarda kuchga kirgan boʻlib, hozirda ham amalda. Ushbu konstitutsiyada Hindiston suveren, demokratik respublika deb eʼlon qilinadi, bu respublika oʻz fuqarolariga adolat va odil sudlov, tenglik va erkinlikni kafolatlaydi. 1976 yilda konstitusion oʻzgartirish natijasida Hindiston tavsifiga „sotsialistik“ va „dunyoviy“ soʻzlari qoʻshildi. Konstitutsiyani qabul qilish kuni Hindistonda rasmiy bayram hisoblanadi va har yili 26 yanvarda Respublika kuni sifatida nishonlanadi. Konstitutsiyaga ekspluatatorlarga qarshi holatlar, hind sotsializmi, demokratik sotsializm gʻoyalari ham kiritilgan.

Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgarishlar

Hindiston konstitutsiyasi oʻz hajmi boʻyicha dunyodagi eng katta konstitutsiyadir, u oʻz ichiga 465 ta modda, 12 ta yirik ilova va 83 ta qoʻshimcha va toʻ-irlashlardan iborat, ingliz tilidagi variantida Hindiston konstitutsiyasi 117369 ta soʻzdan iborat, bundan tashqari hind tiliga rasmiy tarjimasi ham mavjud. Hukumat qabul qilgan har bir qonun konstitutsiyaga muvofiq boʻlishi lozim, chunki Konstitutsiya davlatning oliy va assoiy qonunidir. Konstitutsiya matniga baʼzi bir qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilib, matnni oʻzgartiradi, boshqalari esa ilova sifatida taqdim etiladi.

Hindiston konstitutsiyasining asosiy mazmuni ijtimoiy va davlat tuzilmasining muhim tomonlariga mansubdir, bundan tashqari bu yerda shaxsning huquqviy maqomi ham oʻz aksini topgan. Hindiston konstitutsiyasining mualliflari unda boshqa davlatlarning eng yaxshi konstitusion yutuqlarini birlashtirishga intilganlar, xususan, hind konstitutsiyasi Buyuk Britaniya, Sobiq Ittifoq, AQSH, Kanada, Yaponiya va Avstraliya kabi davlatlarning konstitutsiyalaridagi konstitusion aktlarning bir qator holatlarini oʻzlashtirgan.

Hindiston konstitutsiyasi oʻzgartirishlarni kiritishning juda ham sodda tartibini nazarda tutadi, buning natijasida konstitutsiyaning yuzlab turli holatlari oʻzgartirildi, bu mavjud boʻlgan vaziyatga konstitutsiyani yanada moslashtirdi. Konstitutsiyaga 80 ga yaqin yangi moddalar qoʻshilgan va 20 tasi istisno qilingan, hammasi boʻlib 500 dan ziyod marotaba matn oʻzgartirilgan.

Oʻzgartirishlar bevosita konstitutsiya matniga kiritilib, uni oʻzgartiradi yoki unga ilova qilinadi. Hindiston konstitutsiyasining oʻzgartirishlarining baʼzilari oʻz hajmi boʻyicha AQSH konstitutsiyasi bilan teng.

Hindiston konstitutsiyasining oʻziga xos tomonlari

Hindiston konstitutsiyasining quyidagi eng muhim oʻziga xos tomonlarini ajratib koʻrsatish mumkin: Hindiston suverenitetini yuridik jihatdan mustahkamlash, ijtimoiy tengsizlikka salbiy munosabat, hind jamiyatining oʻziga xos tomonlarini hisobga olib, fuqarolarning erkinlik va majburiyatlarini keng doirasini eʼlon qilish, davlat sektori ustuvor roliga ega boʻlgan aralash iqtisod tamoyilini mustahkamlash, anʼanaviy hind institutlarini konstitusion huquqning global rivojlanishi natijasida paydo boʻlgan institutlar bilan uygʻunlashtirish, hind manfaatlarini birinchi oʻringa qoʻygan holda umumiy tinchlik va xalqaro xavfsizlikni qoʻllab-quvvatlash siyosati.

Hindiston konstitutsiyasi ahamiyati va kafolatlanish darajasi boʻyicha turli meʼyorlarga ega, ular nafaqat konstitusion, balki huquqning baʼzi bir boshqa tarmoqlariga ham mansub. Kon stitutsiyada birinchi qarashda ahamiyatsiz boʻlgan holatlar mavjud, masalan, davlat siyosatining rahbarlantiruvchi tamoyillaridan biri bu sigirlarni oʻldirishni oldini olish, biroq Hindistonning oʻziga xos sharoitlarida aholining eʼtiqodini hisobga olgan holda bular ham muhim ahamiyatga ega. Konstitutsiya haddan ziyod batafsildir, ammo uning asosiy mazmuni ijtimoiy va davlat tuzumining, shaxs huquqiy maqomining eng muhim tomonlariga mansubdir.

Konstitutsiya oʻz ahamiyati boʻyicha turli boʻlgan ikki qismdan iborat: bir qismida konstitutsiyaning asosiy xususiyatlari boʻlib, ularni oʻzgartirish mumkin emas, boshqa qismida esa oʻrnatilgan tartibda oʻzgartiriladigan holatlar mavjud.

1957 yildagi Hindiston konstitutsiyasi jahon amaliyotidagi oʻziga xos yagona konstitusion hujjat, chunki u:

– jahondagi hajmi boʻyicha eng katta konstitutsiyadir – 491 moddadan iborat;

– juda ham batafsil va mayda;

– eklektikdir: konstitutsiya mualliflari oʻzlarining asosiy qonunlaprida boshqa davlatlarning eng yaxshi konstitusion yutuqlarini mujassam etishga harakat qilganlar, bu sabab Hindiston konstitutsiyasi sobiq metropoliyasi Buyuk Britaniya hamda SSSR, AQSH, Kanada, Yaponiya, Avstraliya va boshqa bir qator mamlakatlarning konstitutsiyalarining holatlarini bir qatorini oʻzlashtirgan;

– juda ham moslashuvchan, oʻzgartirishlarni kiritishning sodda tartibini nazarda tutadi, buning natijasida 50 yil ichida uning yuzlab turli holatlari oʻzgartirilgan, yaʼni Hindiston konstitutsiyasi doimiy tarzda mavjud vaziyatga „moslashadi“.

Hindiston konstitutsiyasining hajmi kattaligi va tuzilmaviy murakkabligiga qaramasdan, uning eng muhim oʻziga xos tomonlarini ajratish mumkin:

– Hindiston respublikasi suverenitetini yuridik, huquqiy jihatdan mustahkamlanishi (preambula);

– mamlakatdagi liberal siyosiy tuzumning asosiy sifatida xizmat qiluvchi Hindiston davlatining oʻziga xosligini hisobga olgan holda fuqarolarning huquq, erkinlik va majburiyatlarining keng doirasini eʼlon qilish;

– parlamentar respublikani oʻrnatish;

– davlat tuzilmasining federativ shaklini mustahkamlash;

– federatsiyani tuzish tamoyillaridan asosiysi bu til tamoyili;

– Hindistonda boʻlgan „dushman davlat“ fuqarolarining huquq larini chegaralaydi (hibsga olish, kuzatish tartibini soddalashtiradi) hamda oʻsha davlatlarda ixtiyoriy yashab, ular bilan ish doirasida aloqada boʻlgan Hindiston fuqarolariga ham shu qoidalar tegishlidir (masalan, „dushman davlat“ bu Pokiston);

– milliy kichiklarning huquqlarini kafolatlaydi;

– „teginib boʻlmaslik“ hamda din, irq, yashash joyi, kasta asoslariga koʻra diskriminatsiyaning boshqa turlarini mustahkamlaydi;

– davlatning dunyoviy xarakterini mustahkamlaydi;

– aholining qoloq guruh vakillariga imtiyozlar va qoʻshimcha himoyani kafolatlaydi;

– bir qator konstitusion tamoyil – maqsadlarni eʼlon qiladi, jumladan, aholi yashash darajasini koʻtarish, iqtisodiy islohot, jum ladan, agrar islohotni amalga oshirish, oʻtmish qoloqligini bartaraf etish, milliy masalani demokratik tarzda hal qilish, savodxonlik darajasini koʻtarish, butun jahonda tinchlik uchun kurashish.

Hindiston konstitutsiyasining asosiy belgilari:

1. Mustamlakaga qarshi harakat natijasida erishilgan xalq va davlat suverienitetini mustahkamlash.

2. Ijtimoiy tengsizlikka salbiy munosabat, yashash uchun yetarli mabla-larga huquq, iqtisodiy ekspluatatsiyadan muhofaza qilinishga huquq, yashash minimumiga huquq kabilar konstitutsiyada oʻz aksini topib mustahkamlangan. Konstitutsiyada iqtisodiy va ijtimoiy adolat, moddiy zaxiralarni adolatli taqsimlash, boylik va ishlab chiqarish vositalarini konsentratsiyasini oldini olish xos boʻlgan ijtimoiy tartibni oʻrnatish va taʼminlash davlatning maqsadi ekanligi eʼlon qilinadi.

3. Hindistonning oʻziga xosligi, kasta tizimi mavjudligini hisobga olgan holda fuqarolar, huquq, erkinlik va majburiyatlarning keng doirasini eʼlon qilish.

4. Davlat sektori muhim rolni oʻynagan aralash iqtisod tamoyilini mustahkamlash. Hindiston iqtisodi davlat nazoratining ulushi katta boʻlgan kapitalistik iqtisod.

5. Baʼzi bir anʼanaviy hind institutlarni konstitusion huquqning global rivoji tufayli vujudga kelgan institutlar bilan uy-unligi.

6. Butun dunyoda tinchlikni hamda xalqaro xavfsizlikni qoʻllash siyosati.

Hokimiyat shakli boʻyicha Hindiston parlamentar respublika, siyosiy, hududiy tuzilma shakli boʻyicha til belgisini hisobga olgan markazlashtirilgan federatsiya, demokratik davlat rejimiga ega mamlakatdir.

Konstitutsiya oʻzgartirishlarni qabul qilishning aralash tizimini nazarda tutadi, moddalarning aksariyatiga oʻzgartirishlarni parlament sodda uslubda qabul qiladi. Oʻzgartirish loyihasi parlamentning har qanday aʼzosi tomonidan ikki palatadan xohlaganiga kiritilishi mumkin. Agarda loyiha palatalar tomonidan qoʻllab-quvvatlansa (majlisda boʻlganlarning 3/2 qismi), u prezidentga yuboriladi, prezident esa qonunni imzolashi va eʼlon qilishi lozim. Bundan soʻng oʻzgartirish haqidagi qonun kuchga kiritiladi va konstitutsiya matniga qoʻshiladi, yaʼni hind konstitutsiyasi „egiluvchan“ konstitutsiyadir.

Koʻplab oʻzgartirishlar oddiy qonunni qabul qilish jarayoni tartibida qabul qilinadi, yaʼni har bir palatada boʻlganlarning koʻpchilik soni bilan. Muhim ahamiyatli boʻlgan moddalar uchun murakkablashtirilgan tartib qoʻllanadi: qabul qilingandan soʻng biroq prezident imzolagunga qadar shtat legislaturalarning yarmidan ziyodi bu oʻzgartirishni ratifikatsiya qilishi lozim.

Agarda oʻzgartirish katta boʻlmasa, u konstitutsiya matniga qoʻshimcha yoki muvofiq moddaning almashtirilgan holda kiritiladi. Juda ham uzun, katta oʻzgartirishlar konstitutsiya matniga ilova qilinadi.

Hind konstitutsiyasi amalda boʻlishi samarasining yuqori darajasi maʼlum jihatdan konstitusion tartibga solishning alohida mosla shuvchanligini uni oʻzgartirishning aralash egiluvchan qatʼiy tartibini qoʻllash bilan uy-unligi tufayli taʼminlanadi. Bu iqtisodiy munosabat, insonning murakkab huquqiy maqomi, federativ aloqalarning xilma-xilligi, saylov huquqi hamda imkoniyatli ijtimoiy oʻzgarishlarni oldini olish maqsadida aholining ijtimoiy jihatdan eng himoyalanmagan qatlamlari holatlariga tegishlidir.

Hindiston konstiitutsiyasida fuqarolarning huquqiy maqomi mumtoz Gʻarb konstitutsiyalari va ozod boʻlgan mamlakatlarning bir qator asosiy qonunlaridagi maqomidan farqlanuvchi murakkablashgan tuzilma bilan tavsiflanadi. Hind fuqarolarining huquqiy maqomini belgilab beruvchi holatlar konstitutsiyaning 3 qismi „asosiy huquq lar“, 4 qismi „davlat siyosatining rahbarlantiruvchi tamoyillari“, 15 qismi „saylovlar“dagi meʼyorlar hamda preambula, ilova va asosiy qonunning baʼzi bir boshqa boʻlimlaridagi meʼyorlar majmuasida mustahkamlangan. Bunda fuqarolar huquqi va erkinligi instituti shakllangan turli unsurlar, bir xil boʻlmagan huquqiy kuchga ega, buni hech boʻlmasa qisqa tarzda izohlash lozim:

Konstitutsiyaning asosiy huquqlari

Konstitutsiyaning 3 qismida eng ahamiyatli sifatida „asosiy huquqlar“ deb nomlanuvchi huquqlarni ajratadi, bu huquqlar roʻyxatida avvalambor, siyosiy va shaxsiy huquq hamda mulk huquqi haqidagi alohida holatlar mavjud. 13 moddaga muvofiq asosiy huquqlarni cheklovchi qonunlarni eʼlon qilish taqiqilanadi, 32 moddaga muvofiq esa bu huquqlar buzilganida fuqarolar bevosita oliy sudga huquqlarni majburiy tarzda tiklash uchun murojaat qilishlari mumkin. Bu fuqarolarning asosiy huquqlarini muhim, biroq cheklangan konstitutsiyaviy kafolatidir.

Ijtimoiy, iqtisodiy huquqlar „asosiy huquqlar“dan alohida berilgan va ularning aksariyati 4 qism „davlat siyosatining rahbar lantiruvchi tamoyillari“da joylashgan. 37 moddaga muvofiq „rahbarlantiruvchi tamoyillar mamlakat boshqaruv uchun asosiy ahamiyatga ega, davlat qonunlarni chiqarishda bu tamoyillarga tayanishga majburdir“. Biroq rahbarlantiruvchi tamoyillarning kuchsiz tomoni ularning barchasi sud himoyasiga tobeligi va haqiqiy konstitusion kuchdan mahrum boʻlgan xohish istaklar sifatida tushunilganidadir. 1967 yildan soʻng mamlakatning oliy sud organi agarda rahbar lantiruvchi tamoyillar asosiy huquqlarga zid kelsa, rahbarlantiruvchi tamoyillarni ustuvor deb hisoblash sud amaliyoti vujudga keldi. Bu amaliyot qisman, keyin esa toʻliq tarzda konstitutsiyaga kiritilgan 25 va 42 oʻzgartirishlar bilan qoʻllab-quvvatlandi va mustahkamlandi. Ammo 80 yillarda oliy sudning Minera Mills Ltd.v. Union of India ishi boʻyicha qabul qilingan qarorida ziddiyatli kelishuvli qaror qabul qilindi. Uning mohiyati shunday iboratki, fuqarolarning asosiy huquqlari rahbarlantiruvchi tamoyillarga zid boʻlgan ishlarni oʻrgangan sudlar bu guruhlarning biron birini ham afzal koʻrmasligi lozim. Sudyalar huquqlarning ikki guruhini barkamol tarzda hisobga olishi lozimligi haqida uqtiiriladi. Bunday iborat bu muhim masalani sudning qoʻliga topshirib qoʻyadi.

Hindiston konstitutsiyasida fuqarolarning huquqiy maqomini shakllantirishga Amerikaning huquqlar haqidagi Bill hujjati eng katta taʼsirni oʻtkazdi; huquq va erkinliklarni konstitusion mustahkamlash haqidagi Amerika –oyasi „Hindistonda huquqning ingliz tizimini qoʻllash hamda ingliz konversion meʼyorlar“ni hisobga olish orqali amalga oshirildi. Majburiy kuchga ega boʻlmagan hamda konstitutsiya kafolatlari bilan himoyalanmagan rahbarlantiruvchi tamoyillarning konsepsiyasi 1937 yildagi Irlandiya respublikasi konsepsiyasidan oʻzlashtirilgan.

Hind respublikasining asosiy qonuni va uning rivojlanishiga 1936 yildagi SSSRning konstitutsiyasi oʻz taʼsirini oʻtkazdi, uning taʼsiri avvalambor, ijtimoiy, iqtisodiy huquqlar roʻyxatini kengaytirishda, konstitutsiyaga fuqarolarning asosiy majburiyatlarini kiritishda, rahbarlantiruvchi tamoyillarning bir qator progressiv holatlarini eʼlon qilishda, huquqlarni kafolatlar bilan taʼminlashga boʻlgan harakatda, aholi qoloq guruhlari hayoti darajasini koʻtarishda milliy masalani demokratik yoʻl bilan yechishda oʻz aksini topdi. 1950 yildagi Hindiston konstitutsiyasi ekspluatatsiya, zulumni qoralab, mamlakatda progressiv ijtimoiy islohotlar, industriallashuv, agrar islohotlar, oʻtmishning qoldiqlarini bartaraf etishga koʻmaklashadi.

Hindistondagi fuqarolik instituti uchun chet elliklarning huquq va erkinliklari maʼlum darajada cheklanganligi bilan bir qatorda Hindiston fuqarolari huquq va erkinliklardan toʻliq tarzda foydalanishi xosdir. Chet elliklar prezident, vise-prezident, oliy yoki shtatning bosh sudi sudyaligi, bosh attorney, gubernator yoki shtatning bosh attorneyi lavozimini egallay olmaydilar, ular ittifoq parlamenti aʼzosi yoki shtatlarning legislaturasiga aʼzo qilib saylanmaydilar. „Dushman chet elliklar“ deb nomlanuvchilar uchun alohida cheklanishlar mavjud, ular hibsga olish va qamoqda saqlash bilan bo-liq protsessual kafolatlardan mahrumdirlar. Bular qatoriga Hindiston bilan urush holatida boʻlgan davlat fuqarorlari hamda bu mamlakatlarda ixtiyoriy ravishda yashayotgan yoxud bu davlatlar bilan tijorat munosabatlarni oʻrnatgan fuqarolar mansubdir.

1955 yilda qabul qilingan fuqarolik qonuni soʻzsiz konstitusion ahamiyatga ega, u oʻz ichiga ham „yer huquqi“. ham „qon huquqi“ kabi unsurlarni tan olish tamoyillarini olgan. Mamlakatda davlat yaxlitligini mustahkamlashga qaratilgan yaxlit hind fuqaroligi nazarda tutilgan. Doimo Jammu va Kashmir shtatida istiqomat qiluvchi shaxslar uchun mazkur shtatning legislaturasi shtat hokimiyati organlariga ishga kirish, bu shtatda koʻchmas mulkni olish, mazkur shtatda yashash hamda shtat hokimiyatidan stipendiya va yordamning oʻzga shakllarini olish uchun alohida huquq va imtiyozlar berishi mumkin. Bunday oʻziga xoslik Pokiston bilan chegaradosh boʻlgan mazkur shtatdagi murakkab holat bilan asoslanadi.

Hindiston konstitutsiyasida milliy huquqiy sifatlarning eng ijobiysi bu tenglik tamoyilidir, u „teginib boʻlmaslik“ni taqiqlash hamda diniy, irqiy, kasta, jins yoki tu-ilish joyi belgilariga koʻra diskriminatsiyani ham taqiqilaydi, bundan tashqari bularning davlat muassasalariga ishga kirishda teng imkoniyatlar hamda qonun tomonidan teng himoya qilinishidan iborat. Hindiston kons titutsiyachidagi tenglik tamoyilining progressiv tomoni davlat tomonidan aholining qoloq guruhlari deb tan olinganlar uchun maʼlum kafolat va imtiyozlarni taʼminlashdir. Hindiston respukblikasi uchun bu tamoyil juda muhimdir, chunki u oʻnlab, millionlab odamlarga nisbatan kasta bid’atlarini yoʻq qilish uchun huquqiy asos sifatida xizmat qiladi. Hindistonning milliy, madaniy xususiyatlari kichik xalqlarni oʻz tilidan, yozuvidan foydalanish, madaniyatini saqlab, rivojlantirish, milliy oʻquv muassasalarni ochish va ularni boshqarish kabi huquqda oʻz aksini topdi.

Hayotning barcha taraflariga dinning taʼsiri anʼanaviy tarzda juda ham katta boʻlgan Hindistonda konstitutsiyaning unyoviy xarakteri alohidap ahamiyatga ega, konstitutsiyaning bu tomoni 1967 yildagi oʻzgartirishlar tufayli 42 shoʻgartirish bilan preambulasini oʻzgarishi bilan kuchaytirilgan.

Shu bilan birga iqtiodsiy-ijtimoiy, kasta tengsizlik hamda diniy jamoa asosidagi kelishmovchiliklar Hindistonda mavjudligini taʼkidlash lozim. Diniy jamoa asosdagi toʻqnashuvlar mamlakat yaxlitligi uchun xavf soluvchi darajada kuzatilmoqda.

Hind fuqarolari huquqiy maqomi asoslari bir xil, biroq Konstitutsiyaning maʼno-mazmuni boʻyicha teng boʻlmagan mod dalari bilan belgilanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarsiyosatgning rahbarlantiruvchi tamoyillari sifatida shakllanadi va bundan ularning sud himoyasining xususiyatlari kelib chiqadi; boshqa huquqlar Konstitutsiyaning boshqa moddalarida mustahkamlangan. Bu barcha xuqularni jismoniy amalga oshirilishi mamlakatning oʻziga xos sha roitlarida bir xil emas va koʻp jihatdan kasta tizimining saqlanib qolgan sarqitlari, etnik guruhlarning rivojlanish darajasiga bogʻliq. Qonunchilik tomonidan aholining eng kam rivojlangan ijtimoiy qatlamlari, roʻyhatga olingan kasta va qabilalar uchun maʼlum huquqiy imtiyozlar mavjud. Shakllangan taʼlimotga muvofiq asosiy huquqlar konstitusion kafolatlar bilan taʼminlanadi: ular buzilganda fuqaro har qanday sudga, jumladan Oliy sudga murojaat qilishi mumkin va sud majburiy qarorni qabul qilishi mumkin (quyi sud u yoki bu qonunni Konstitutsiyaga zid deb eʼlon qila olmaydi, u faqatgina asosiy huquqlarni amalga oshishini taʼminlab beradi). Siyosatning rahbarlantiruvchi tamoyillari haqidagi boʻlimda mustah kamlangan huquqlar bunday kafolatlar bilan taʼminlanmagan.

Konstitutsiya qonun oldida fuqarolarning teng huquqliligi

Konstitutsiya qonun oldida fuqarolarning teng huquqliligini oʻrnatadi, diniy, irqiy, kasta. Jinsiy va tuzilish joyiga koʻra diskriminatsiyani taqiqilaydi.

Ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar orasida yashashga yetarli mabla-larga, iqtisodiy ekspluatatsiyada himoyaga, kasallik, ishsizlik holatida davlat yordami, yashash minimumiga hamda bolalarning majburiy bepul taʼlimga huquqlari mavjud.

Siyosiy huquqlar oʻz ichiga soʻz, nashr erkinligi, birlashish hamda boshqa anʼanaviy siyosiy huquq va erkinliklarni oʻz ichiga oladi.

Konstitutsiya shaxsiy erkinliklar orasida shaxsga teginib boʻlmaslik (ammo Hindistonda favqulodda holat eʼlon qilinganida sud qarorisiz hibsga olish va uzoq muddat qamoqda olib oʻtirish mumkin), koʻchib oʻtish erkinligi, uy-joyga tegib boʻlmaslik, yozishma siri kabilar bor. Konstitutsiya feodal unvonlar, teginib boʻlmaslikni bekor qiladi.

Hindiston konstitutsiyasida fuqarolarning asosiy majburiyatlari ham qayd etilgan, ular qatoriga mamlakat ideallari va institutlariga rioya qilish, davlat bayro-i va davlat madhiyasini hurmat qilish, majburiy armiya xizmati, milliy erkinlik kurash ideallariga rioya qilish, barcha hindlar orasida umumiy birodarlik ruhi va bar kamolligiga koʻmaklashish ilmiy yondashuvni rivojlantirish, inson parvarlikni namoyon qilish, shaxsiy va jamoa faoliyatning barcha sohalarida mukammallikka intilish kabilar kiradi. Yuqorida bayon etilgandan koʻrinib turibdiki, bu majburiyatlarning aksariyati yuridik emas, maʼnaviy xarakterga ega.

Manbalar

Oʻzbek tilida:

1.Boynazarov F. Qadimgi dunyo tarixi. Darslik. 2004.

2. Lafasov M. Jahon tarixi (1918-2008). –T., 2010.

3. Gʻofurov A. Hindiston. FarDU. 2009.

Rus tilida:

1.Vasilev N. Istoriya Vostoka. 1-2 tom. M., 2004.

2. Vigasin A., Dandomaev M. Istoriya Drevnego Vostoka. -M., 2001.

3. Noveyshaya istoriya stran Azii i Afriki. XX vek. -M., 2000.

Hind tilida:

1/\. शैलेन्द्र सेंगर „प्राचीन भारत का इतिहास“, प्रकाशक:अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर डिस्ट,२००५

रोमिला थापर „भारत का इतिहास“ प्रकाशक:राजकमल प्रकाशन,२००८

2. विपिन चन्द्र „आधुनिक भारत का इतिहास“ प्रकाशक:ओरिएंट ब्लेकस्वान,२००९

3. द्दिजेन्द्र्नारायण झा ओर श्रीमाली „प्राचीन भारत का इतिहास“, प्रकाशक: हिंदी माध्यम कार्यन्वय निदेशालय दिल्ली विश्वविधालय,२०१५

4. मानिक लाल गुप्त „मध्यकालीन भारत का इतिहास“, प्रकाशक: अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर दिस्त्रिबुतोर्स पवत ल्टड ,२००२

Urdu tilida:

.6ڈاکٹر مبارک علی „جدید تاریخ“، فکشن ہاؤس ،لاہور ، ٢٠٠١

.7محمد علی چراغ "تاریخ ِ پاکستان " سنگ ِ میل ، ٢٠١٢

.8 رماشنکرترپاٹھی "قدیم ہندوستان کی تاریخ " ، قومی کونسل براۓ فروغ اردو زبان ، نئی دہلی ، ١٩٩٨ مترجم :سید سخی حسن نقوی

.9 شیخ محمد رفیق مسعود حیدر بخاری ڈاکٹر عصمت نانر "تاریخ ِپاکستان و ہند "، مسلم دو حکومت ، عہد سلاطین ، نئی دہلی ٢٠٠٠

پاتھی "تاریخ ِ قدیم ہندوستان " نگارشت پبلش.10

11.ڈاکٹر مبارک علی "تاریخ اور آج کی دنیا "، فکشن ہاؤس ،لاہور ٢٠٠٥

.12 ڈاکٹر مبارک علی "بر صغیر میں تاریخ نویسی کے رجحانات "، پاکستان اسٹڈی سینٹر جامعہ کراچی ٢٠٠٧

.13 محمد علی چراغ "پاکستان : تاریخ ، جمہوریت ، سیاست "، مکتبہ جدید ٢٠١٠

.14مولانا ابو ا لکلام آزاد "آزادی ہند " ، مکتبہ جمال ،لاہور ٢٠٠٣

Ingliz tilida

1.Avari Burjor. Islamic Civilization in South Asia: A History of Muslim Power and Presence in the Indian Subcontinent, Routledge, 2013.

2. Faruqui Munis D. The Princes of the Mughal Empire (1504-1719), Cambridge University Press, 2012.

3. Gandhi M. K. Hind Swaraj or Indian Home Rule, Ahmedabad: Navajivan Publishing House, 2014.

4. Nazir Ahmad Chaudhry. Harappa. Sang-e-meel Publications, Lahore, 2002.

5. Hameed. Political Role of Religious Communities in Pakistan. Policy Research Institute. Islamabad, Pakistan, 2008.

6. Afzal Husain. The nobility imder Akbar and Jahangir. A study of Family Groups. -New Delhi, 1999

7. Ali K. A new history of Indo-Pakistan (up to 1526) Karachi, 1993.

8. Burton Stein. A history of India, -Wiley-blackwell, 2010

9. Hermann Kulke, Dietmar Rothermund. A history of India, -London and New York, 2002

10.Mahmood T. The Durand line: South Asias next trouble spot. Monterey.: Naval Postgraduate School, 2005.

11. Peter Lyon. Conflict between India and Pakistan, -Oxford, 2008

Davriy nashrlar:

Bajpai Sh. K. Untangling India and Pakistan // Foreign Affairs. 2003. – Vol. 82. -№ 3. – P. 112-128.

2. Burns R. N. Americaʼs Strategic Opportunity with India. The New U. S. India Partnership // Foreign Affairs. – 2007. – Vol. 86. – № 6. – P. 37-44.

3. Burns R. N. Americaʼs Strategic Opportunity with India. The New U. S. India Partnership // Foreign Affairs. – 2007. – Vol. 86. – № 6. – P. 37-44.

4. Kashmir Dispute: Background // The Ministry of Foreign Affairs of Pakistan. URL: http://www.mofa.gov.pk/Pages/Brief.htm

Kembali kehalaman sebelumnya