Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

Ibrat (shaharcha)

Ibrat
Shahar
40°33′14″N 71°8′48″E / 40.55389°N 71.14667°E / 40.55389; 71.14667
Mamlakat Oʻzbekiston
Rasmiy til(lar)i oʻzbekcha
Aholisi
 (2022)
32 ming
Milliy tarkib 99.7% O'zbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Ibrat xaritada

Ibrat (Yangiqoʻrgʻon) — Fargʻona viloyati Buvayda tumanidagi [shaharcha]], tuman markazi. Tumanning janubida joylashgan. Tumanda 1ta shaharcha,(Yangiqo'rg'on),1ta shaharcha va 40dan ortiq MFYlar mavjud. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Bostonbuva)[1]. Qoʻqon shahridan 20 km sharqda joylashgan. Aholisi 32 ming kishi (2022)[2].Pochta indeksi 151900. Rasmiy instagram sahifasi yangiqorgon_storiss

Xoʻjaligi

Xoʻjaliklari Katta Fargʻona kanalidan suv oladi. Paxta tozalash, gʻisht zavodlari, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, MPT, kichik va xususiy korxonalar, mikrofirmalar, ipyigiruv va toʻquv, tikuvchilik trikotaj fabrikalari, meva va sabzavotni qayta ishlash, gilam toʻqish, vinochilik sexlari ishlab turibdi. Dehqon bozori, avtovokzal, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi.

Ijtimoiy soha

Qishloqda 3 umumiy taʼlim maktabi, 2 litsey-gimnaziya, nafis sanʼat, bolalar sport maktablari, kasb-hunar kolleji bor. Markaziy va bolalar kutubxonalari, sanʼat saroyi mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Fargʻona va Qoʻqon shahrilariga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.

Manbalar



Kembali kehalaman sebelumnya