Ideal (yun. idea — timsol, gʻoya, tu-shuncha) — biror narsa, voqea va hodi-saning oliy namunasi, kamoloti; ay-rim shaxs, shaxslar guruhi, tabaqa va jamiyat intiluvchi oliy maqsad. Ijtimoiy-siyosiy I. — mukammal ijti-moiy tuzum; axloqiy I. — barkamol inson sifatlari, insoniy munosabatlar; estetik I. — har taraflama kamolga yetgan goʻzal koʻrinish, xislat, tavsif. I. muayyan tarixiy sharoitda ijtimoiy hayotning barcha jabhalari bilan chambarchas bogʻliq holda shakllanadi. I. ning amalga oshishi yoki oshmasligi uning voqelik bilan bogʻliqligiga, ta-raqqiyotni qanchalik toʻliq va toʻgʻri inʼikos ettirishga bogʻliq. Kishilar tarixda estetik va axloqiy I. ni orzu qilib, bu orzularni ertak va dostonlarda ifodalaganlar. Mas, Rustam va Farhod, Layli va Shirin faqat jismoniy jihatdan baquvvat hamda goʻzal boʻlib qolmay, ular yuksak odamiylik fazilatlariga ham ega.
I. real mavjud boʻlib, goʻzallikning yuqori darajada namoyon boʻlishidir. U hayotdagi, sanʼatdagi obyektiv goʻzalliklar haqida mukammal, toʻliq subyektiv tushunchalarimizdan iborat. I. deganda, birinchi navbatda, inson goʻzalligi tushuniladi. Har tomonlama yetuk, goʻzal kishi bizning estetik I. imizdir. Har bir millat goʻzallik haqida oʻz milliy I. iga ega, chunki i. ch. usuli, yashash sharoiti, geografik muhit, psixologiyasi turlichadir.[1]
Manbalar
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil