Vikiiqtibosda John Kennedyga tegishli iqtiboslar mavjud.
John Fitzgerald „Jack“ Kennedy (1917-yil 29-may, Brookline, Massachusetts – 1963-yil 22-noyabr, Dallas, Texas) — Amerika Qoʻshma Shtatlarining 35-prezidenti (1961–1963), Demokratlar partiyasidan saylangan. AQSh floti ofitseri (1941–1945), AQSH kontressi aʼzosi (1947–1961). Prezidentlik davrida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturi (qashshoqlikka qarshi kurashish, qora tanli aholining fuqarolik huquklarini himoya qilish va boshqalar)ni olgʻa surgan. Harbiy bloklar va AQSh qurolli kuchlarini mustahkamlash tarafdori boʻlgan. Shu bilan birga SSSR bilan boʻlgan munosabatlarda birmuncha realistik yoʻl tutish yoʻlidan borgan; atmosfera, kosmik fazo va suv ostida yadro quroli sinovini taqiqlash toʻgʻrisidagi Moskva bitimini imzolagan (1963). Dallasda suiqasd qurboni boʻlgan[2].
Shaxsiy hayoti
Kennedylar oilasi Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi eng nufuzli oilalaridan biri boʻlgan. Kennedylar oilasidan bitta prezident, 3 ta senator, 3 ta elchi hamda bir qancha siyosatchilar yetishib chiqqan. Kennedy kongressmen sifatida 1951-yilda Hindiston, Yaponiya, Vyetnam va Isroilga yetti haftalik safarini boshlaydi. Safar davomida 25 yoshdagi Robertni hamda uning opasi boʻlgan 27 yoshli Patricia bilan yaqindan tanishib oladi. Ular birgalikda 25 000 milyani (40 000 km) birga bosib oʻtdilar va shu uzoq muddatli safar ularni yanada yaqin doʻstlar boʻlishiga sabab boʻladi. 2024-yilga kelib Kennedyning jiyani boʻlmish Robertning oʻgʻli kichik Robert 2024-yilda prezidentlikka daʼvogarlik qilmoqda[3][4][5][6].
Kennedy kongressmenligida boʻlajak ayoli Jacqueline Kennedy Onassisni uchratadi. Jurnalist Charles Bartlett kechki ovqat paytida ularni tanishtirib qoʻyadi[7]. Ular 1953-yil 12-sentyabrda turmush qurishadi[8]. Turmush qurganlaridan soʻng 1955-yilda farzandlarini abort qilishadi, 1956-yilda esa qizi Arabelle oʻlik tugʻiladi. 1957-yilda Carolina ismli qizlari tugʻiladi. 1960-yil noyabr oyida John ismli farzandi dunyoga keladi, shunday 17 kun oʻtgach Kennedy prezidentlikka saylanadi. Kennedy respublikachilardan boʻlgan raqibi, amaldagi vitse-prezident Richard Nixonni qiyinchilik bilan magʻlub etib, prezident etib saylandi. 1999-yilda John Kennedyning oʻgʻli aviahalokatda vafot etadi.