Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

John Newlands

John Alexander Reina Newlands (inglizcha: John Alexander Reina Newlands , 26-noyabr 1837-yil, London – 29-iyul 1898-yil, London) – ingliz kimyogari[1].

John Alexander Reina Newlands
Tavalludi 26-noyabr 1837
Lambet, London, Angliya, Buyuk Britaniya
Vafoti 2-oktyabr 1898 Lower Clapton, London, Angliya, Buyuk Britaniya
Fuqaroligi Buyuk Britaniya
Millati ingliz
Sohasi Kimyo
Mashhur ishlari Nyulends jadvali
Mukofotlari Davy medali

Yoshligi

John Newlands shotlandiyalik ruhoniy William Newlands va Mary Sarah Reina oilasida tugʻiladi[2]. Onasi Johnda musiqaga muhabbatni uygʻotadi, otasi esa oʻgʻlini oʻzining yoʻlidan yurishini istab, uni kimyo kollejiga kirishga tayyorlaydi.

Kollejni 1857-yilda tamomlab, John Newlands Qirollik qishloq jamiyati kimyogariga assistent boʻlib ishga joylashadi. Oʻsha vaqtlarda Italiyada Giuseppe Garibaldi boshchiligidagi Erkinlik harakatlari kuch toʻplayotgan edi[3]. Onasining fikriga koʻra John ham bu hodisalarda ishtirok etishi kerak boʻladi va uning xohishiga koʻra Italiyaga joʻnab ketadi. U yerda 1860-yilda Newlands Stanislao Cannizzaro – atom-molekulyar taʼlimot reformatorlaridan biri bilan tanishadi. Canizzaro bilan suhbatlar davomida Newlandsning eʼtiborini elementlarning atom massalari borasidagi muammolar tortadi.

Davriy qonun

1864-yilning boshida Newlands anonim maqola oʻqiydi, unda yozilishicha, koʻpchilik elementlarning atom ogʻirliklari katta yoki kichik aniqlikda 8 ga karrali boʻladi. Anonim muallifning fikri xato boʻlsada, Newlands bu sohada izlanishlarni davom ettirishga qaror qiladi. U oʻsha vaqtda maʼlum boʻlgan barcha elementlarni, ularning atom massalari ortib borishi tartibida (Canizzaro bergan maʼlumotlarga asoslanib) jadvalga tushiradi. 1864-yilning 20-avgustda chiqarilgan maqolasida yozishicha, bu qatorda kimyoviy nuqtai nazardan oʻxshash elementlarning davriy uchrashiga guvoh boʻlish mumkin. Elementlarni raqamlab (bir xil atom massaga ega boʻlgan elementlar bir xil raqam olgan) va raqamlarni elementlarning xossalariga moslab, Newlands shunday qarorga keldi: "Guruhning eng kichik elementi va undan keyingi elementlarning raqamlardagu farq 7 ga teng; yaʼni, berilgan elementdan sanalganda 8-element, huddi musiqadagi oktavaning 8-notasi kabi birinchisiga nisbatan oʻziga xos takrorlanishni yuzaga keltiradi. Shu bilan Newlands tomonidan elementlar xossalarining davriy oʻzgarishi haqidagi birinchi fikrlar aytib oʻtilgan[4][5].

Bir yildan soʻng, 1865-yilning 18-avgustida Newlands analogik elementlarning tartib raqamlari 7 yoki 7 ga karrali sonlarga farq qiladigan; yaʼni bir guruh elementlarining tartib raqamlari huddi musiqadagi bir yoki bir nechta oktavalarning chetki notalari kabi nisbatda boʻladigan elementlar jadvalini yartib unga „oktavalar qonuni“ deb nom beradi. Elementlarning atom ogʻirliklari ustidagi har xil qonuniyatlarni topishga harakat qiluvchi boshqa olimlar kabi Newlandsning ham maqolalari aytarli eʼtibor tortmagan. 1866-yilning 1-mart sanasida J. Newlands London kimyo jamiyatining yigʻilishida „Oktavalar qonuni va atom massalar orasidagi kimyoviy nisbatlar“ mavzusida chiqish qiladi, lekin olimning bu harakati ham qiziqish uygʻotmaydi. Tarixda olimning harakatlariga nisbatan faqat George Carey Foster tomonidan bitta yoqimsiz izoh berilgani muhrlanib qolgan: „Maʼruzachi elementlarning bosh harflariga koʻra jadvalga joylashtirib, undagi qonuniyatlarni ham qidirib koʻrmabdimi?“ Shu bilan maʼruza jamiyatning jurnalida chop etilmagan. Bu muvaffaqiyatsizlikdan soʻng Newlands oʻz sistematikasini ustida ishlashga qayta urinib koʻrmagan[6].

Newland's table of the elements.
Newlandning elementlar jadvali

1868-yilda u shakarni qayta ishlash zavodiga ishga kirib 1886-yilgacha ishlaydi. Bu vaqt mobaynida u shakar tayyorlash sohasida mutaxassis nomiga sazovor boʻlib, shakar tayyorlashning texnologik jarayonini rivojlantirdi.

iitle page to On the Discovery of the Periodic Law and on Relations among the Atomic Weights (1884)
On the Discovery of the Periodic Law and on Relations among the Atomic Weights („Davriy qonunning ochilishi va elementlar orasidagi nisbatlar haqida“) (1884)

1875-yilda Newlands oʻzining bir nechta ishlarini chop etib, ularda birinchi marta deyarli fizik maʼnoga ega boʻlmagan „tartib raqam“ tushunchasini taklif qiladi. 1884-yilda esa „Davriy qonunning ochilishi va elementlar orasidagi nisbatlar haqida“ nomli kitobini nashr ettiradi. Kitobda Newlandsning asosiy maqolalari va Davriy qonunning ochilishiga undovlari jamlangan.

1887-yilda London qirollik jamiyati 5 yil oldin Dmitriy Mendeleyev va Lotar Meyer sazovor boʻlgan (atom ogʻirliklari oʻrtasidagi davriy nisbatlarni ochishgani uchun) oʻsha vaqtning eng faxriy mukofotlardan biri – Davy medaliga Newlandsni loyiq topadi. Mendeleyevning soʻzlariga koʻra „… bu ishlar(Newlandsning ishlari)da davriy qonunning baʼzi asoslari yotadi“

Kitoblari

Manbalar

  1. Carmen J. Giunta, Vera V. Mainz, va Julianna Poole-Sawyer. "Periodicity in Britain: The Periodic Tables of Odling and Newlands". Springer — 93-131-bet. 
  2. 'Newlands, Newlands, John Alexander Reina' by Michael A. Sutton, Milliy Biografiyalar Lugʻati, Oxford University Press, 2004.
  3.  Chisholm, Hugh, ed. (1911) "Newlands, John Alexander Reina" Encyclopædia Britannica 19 (11chi nashri) Cambridge University Press 515 b 
  4. Newlands, John A. R. (1864-08-20). "On Relations Among the Equivalents". Chemical News 10: 94–95. http://web.lemoyne.edu/~giunta/EA/NEWLANDSann.HTML#newlands3. 
  5. Newlands, John A. R. (1865-08-18). "On the Law of Octaves". Chemical News 12: 83. http://web.lemoyne.edu/~giunta/EA/NEWLANDSann.HTML#newlands4. 
  6. Bryson, Bill. A Short History of Nearly Everything. London: Black Swan, 2004 — 141–142-bet. ISBN 978-0-552-15174-0. 

Havolalar

Kembali kehalaman sebelumnya