Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

Kenichi Fukui

Kenichi Fukui
Tavalludi Nara
4-oktabr 1918
Vafoti Kyoto
9-yanvar 1998
Fuqaroligi Yaponiya va Yaponiya imperiyasi
Sohasi Kimyo
Taʼlimi Kyoto universiteti
Mukofotlari Nobel mukofoti

Kenichi Fukui (1918.4.10, Nara prefekturasi — 1998.9.1, Kyoto) — yapon kimyogari. Yaponiya Fanlar Akademiyasi aʼzosi (1983). Kioto universitetini tugatgan (1941), shu universitet professor (1951-yildan). Asosiy ilmiy tadqiqotlari kvant kimyosiga oid. Chegara orbitalar nazariyasiga asos solgan (1952), oraliq holat yoki faollangan kompleksning shakllanishi toʻgʻrisidagi tushunchalarni rivojlantirgan (1954—57), oʻz nazariyasini koʻp markazli faollangan komplekslar va turli katalitik reaksiyalarda qoʻllagan. Nobel mukofoti laureati (1981; Roald Hoffmann bilan hamkorlikda)[1][2].

Manbalar

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Kembali kehalaman sebelumnya