O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1982-yil 20-apreldagi 2247-X-son Farmoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Samarqand viloyatining bir qismidan, maʼmuriy markazi Navoiy shahri boʻlgan Navoiy viloyati tashkil etilgan. Buxoro viloyatidan uning tarkibiga Konimex, Qiziltepa, Navbahor, Navoiy, Tomdi va Uchquduq tumanlari, Navoiy, Zarafshon, Uchquduq shaharlari; Samarqand viloyatidan — Nurota va Xatirchi tumanlari oʻtkazilgan.
1988-yil 9-sentyabrda Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining Navoiy va Samarqand viloyatlarini Samarqandga birlashtirish toʻgʻrisidagi Farmoni qabul qilingan.
1989-yil16-mayda eski Navoiy viloyatining katta qismi (7 ta tuman) Buxoro viloyatiga oʻtkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Prezidiumining 1992-yil27-yanvardagi „Navoiy viloyatini O‘zbekiston Respublikasi tarkibida qayta tiklash to‘g‘risida“gi Farmoni bilan Navoiy viloyati qayta tiklangan (yangi tashkil etilgan).
Navoiy viloyati aholisi soni 2020-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra 1 004 500 nafarni tashkil etgan. Shahar aholisi — 498,1 ming, qishloq aholisi — 458,4 ming. 2020-yilda 18234 nafar bola tug‘ilgan, 4163 nafar kishi vafot etgan[5].
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining rasmiy saytida 2017-yil 1-yanvar holatiga Navoiy viloyatidagi milliy ozchiliklar soni to‘g‘risida quyidagi maʼlumotlar keltirilgan[6]:
Navoiy zaminida qadimdan mashhur allomalar, shoir va faylasuflar, adib va muhaddislar, mohir xattot va tarjimonlar yashab oʻtgan. Karminiy taxallusi bilan ijod qilgan bir necha oʻnlab ijodkorlarning nomlari maʼlum. Shulardan Abu Abdulloh Muhammad ibn Zavʼ al-Karminiy, Abu Hamid Ahmad ibn Lays al Karminiy (996-yil vafot etgan), Muntasir ibn Muhammad al-Karminiy va boshqa Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Zavʼ al-Karminiy Qurʼongatafsir bitishi bilan birga arab, forssheʼriyatinazariyasini ishlab chiqqan, ilk marta arab, fors, turkmaqollarini qiyosiy oʻrgangan. Najmiddin Abulvafo al-Boʻzjandiy (IX asr), Zabeho as-Samarqandiy (XVI asr) Karmanada tugʻilib boshqa shaharlardaijod etganlar. Shuningdek, shoirlar Shayx Pahlavon Muhammad Gʻolib (XVIII asr), Mavlono Dilkash Tanburiy (XIX-XX asr boshlari), Shayx Koʻriy Muhammad Hasan (1823 — 1921) va boshqa shu yurt farzandlaridir. XX asrda Navoiy viloyatidan chiqqan ijodkorlar Buxoro, Samarqand va Toshkentshaharlari adabiy muhitida shakllandilar. Karmanalikshoir Saʼdulla Mahmudovning ilk kitobi1939-yilda nashr etilgan. Shundan keyin Dushan Fayziy, Toshpoʻlat Hamid, Yodgor Baxshi, Raybulla Salomov, keyinchalik Oydin Hojiyeva, Sulaymon Rahmon, Gʻaffor Hotamov, Hosiyat Bobomurodova, Odil Hotamov, Amir Poʻlkan oʻgʻli, Ashurali Joʻrayev, Marusa Hosilova, Nazira Yoʻldoshevalar adabiyot maydoniga kirib kelishdi. Faylasuf olim Naim Gʻoyibov Ahmad Donishmerosidan„Navodir al-vaqoyeʼ“danlavhalar tarjima qildi. 1990-yillar boshlaridan Aziz Saidov, Halima Ahmedova, Faxriddin Nizomov, Vafo Fayzullayev, Barno Eshpoʻlatov, Bektemir Pirnafasov, Surayyo Zoirova, Farhod Arziyev singari yosh shoirlar faol ijod qilmoqdalar. Ayni paytda qozoq va tojik tilida yozayotgan ijodkorlar safiga rus tilida asarlar yaratayotgan yosh adiblar ham qoʻshildi. Ibodulla Jahongirov ozarbayjonyozuvchisiAnorning „Oq koʻrfaz“ qissasini tarjima qildi. Navoiy viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va boshqalar)ning viloyat tashkilotlari faoliyat koʻrsatmoqda.
↑Леонид Млечин.„Личное поручение Никиты Сергеевича//Брежнев“. Молодая гвардия. — „Соседний Узбекистан просил передать ему 2 сельскохозяйственных района Чимкентской области, где выращивают хлопок. Хрущев счёл идею разумной. Кунаев был категорически против передачи казахстанских земель Узбекистану. Никита Сергеевич счёл это проявлением национализма. Тем более, что первый секретарь Южно-Казахстанского крайкома Исмаил Юсупович Юсупов против территориального передела нисколько не возражал“. 2014-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.