Otabek Joʻraqoʻziyev (ruscha: Журакузиев Отабек; 2-aprel, 2002-yil, Oʻzbekiston) – „Olimpik“ klubi va Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi futbolchisi. Hujumkor yarim himoyachi va hujumchi pozitsiyalarida oʻynaydi[1].
Futbolchilik faoliyati
Otabek futbolchilik faoliyatini Bunyodkor akademiyasida boshlagan. Bunyodkor jamoasining Oʻzbekiston Birinchi ligasida ishtirok etuvchi klubi „Bunyodkor Farm“ jamoasida oʻynagan. 2021-yil Toshkent boshqa bir jamoasi, „Olimpik“ klubi tarkibiga oʻtgan.