„Oʻzbek tilining imlo lugʻati“ — oʻzbek tilining 85 000 dan ortiq soʻz kiritilgan imlo lugʻati. 2013-yil Toshkent shahrida bir vaqtning oʻzida ham lotin, ham kirill yozuvida nashr etilgan. Lugʻatning lotin yozuvidagi versiyasi bugunga qadar chop etilgan eng mukammal imlo lugʻatidir.
Lugʻat Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti ilmiy kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilib, „Akademnashr“ nashriyotida chop etilgan. Lugʻat filologiya fanlari doktori, professor N. M. Mahmudov tahriri ostida, filologiya fanlari doktori, professor E. A. Begmatov hamda filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim A. P. Madvaliyevlar tomonidan tuzilgan. Lugʻat „Oʻzbek tilining imlo lugʻati“ (1976), 5 jildli „Oʻzbek tilining izohli lugʻati“ (2006–2008), 12 jildli „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ soʻzliklari asosida tuzilgan.
Lugʻatni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Abdulla Sharopov – muharrir, Ziyodbek Oʻrinov – texnik muharrir, Xurshid Ibrohimov – badiiy muharrir, Alimardon Aqilov – rassom, Marhabo Joʻrayeva – musahhih. Kitob adadi – 3 000 nusxa.
Havolalar