Rabinjon oltin-mis koni — Zirabuloq togʻlarining shimoli-sharqida joylashgan kon. 1958-yilda ochilgan. Oltin-sulfid-kvarsli konlar guruhiga mansub. Konning geologik tuzilishini akademik H. N. Boymuhamedov boshchiligidagi mutaxassislar guruhi oʻrgangan. Kon quyi va yuqori silur, devon davrlarining choʻkindi-metamorfik jinslari va mezokaynozoy yotqiziqlaridan tarkib topgan. Rabinjon oltin-mis konim.k.da sof oltin, elektrum (kumushli sochma oltin), oltin telluridi, bornit, xalkopirit, xalqozin va kovellin kabi foydali qazilmalar mavjud. Shuningdek, kvars, kalsit, ankerit, flyuorit, molibdenit, pirit, arsenopirit, lyollingit, pirrotin, kumush telluridi ham uchraydi. Rabinjon oltin-mis konim.k.ning minerallari, asosan, termalmetamorfik, skarnligidrotermal va gidrotermal bosqichlarda hosil boʻlgan. Rabinjon oltin-mis konim. k. Zirabuloq — Ziyovuddin rudali rnidagi istiqbolli kon[1].