Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

Robert Solow

Robert Solow
Tavalludi 23-avgust 1924
Vafoti 21-dekabr 2023[1]
Fuqaroligi AQSh
Robert Merton Solow (2008)

SOLU (Solow) Robert Merton (1924.23.8, AQSH, Nyu-York) - amerikalik iqtisodchi. Garvard universitetida V. Leontyev qoʻlida saboq olgan. Kolumbiya universitetini tugatgan. S. 1950-yildan Massachusets texnologiya institutida dars bergan. 1961—63 yillarda AQSH Prezidentining iqtisodiy maslahatchisi. S. gʻoyalari neokeynschilik taʼlimotini tanqid qilish asosida yuzaga keldi. S. neokeynschilikning ayrim qarashlarini tanqid qilish asosida iqtisodiy oʻsishning neoklassik nazariyasini rivojlantirdi va uni hisoblash usullarini yaratdi. Iqtisodiy oʻsishni taʼminlashda kapitalning eng muhim oʻrinda turishini koʻrsatdi. S, shuningdek, byudjet siyosati nazariyasi, shaharlar iqgisodiyoti va yerdan foydalanish, ishsizlik nazariyasi va boshqalarga ham katta hissa qoʻshdi. Nobel mukofoti laureati (1987).[2]

Manbalar

  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Kembali kehalaman sebelumnya