Shahrisabz hokimi Bobobek, Kitob begi Joʻrabek, amir Muzaffarning katta oʻgʻli Abdulmalik (Katta toʻra) boshchiligida katta qoʻshin bilan 1868-yilda ruslar bosib olgan Samarqand shahrini qaytarib olish uchun otlanishgan, ammo chekinishga majbur boʻlganlar. 1870-yil avgustda Turkiston gubernatori K.P. Kaufmannit buyrugʻi bilan general Abramov qoʻmondonligidagi maxsus qoʻshin Shahrisabz va Kitobni bosib olgan. Biroq rus qoʻshini qoʻmondonligi Shahrisabz va Kitobni Buxoro amiri tayinlagan beklarga topshirib, Samarqandga qaytishgan. Shahrisabz 1920-yilgacha Buxoro xonligi tarkibida boʻlgan.
Shahrisabz aholisining asosiy qismi savdosotiq va hunarmandchilik bilan shugʻullangan. 18— 19-asrlarda shahrida 6 darvoza, 7 karvonsaroy va 6 ta madrasa, bir nechta bozor, shahar tashqarisida Namozgoh masjidi bor edi.[2]
Eng yangi davrdagi tarixi
20-asr oʻrtalarida shahrida „Hujum“, badiiy buyumlar, tikuvchilik, keyinroq pillakashlik fabrikalari ishlay boshladi. 1930—40 ylarda shahridagi tarixiy yodgorliklarning ahvoli achinarli holda boʻlgan, ulardan omborxona, turar joy va boshqalar maqsadlarda foydalanilgan. Shahrisabz va uning tarixiy madaniy merosi ataylab keng doirada targʻib qilinmagan.[2]
Shahar mustaqillikdan soʻng
Mustaqillik yillarida Shahrisabz qiyofasi tubdan oʻzgardi. Shahar markazi qayta qurildi. 1996-yilda shahar maydoni 2460 gektarga kengaygan.
shahridagi eng katta maydon — Amir Temur maydoni. Shahar markazidan eng katta Ipak yoʻli koʻchasi oʻtadi. 11 ta yirik sanoat korxonasi (shu jumladan, „Hujum“ badiiy buyumlar fabrikasi, „Sado“ trikotaj fabrikasi, „Konserva“ va „Sharob“ aksiyadorlik jamiyatlari, toʻqimachilik, pillachilik fabrikalari va boshqalar), 8 qoʻshma korxona (shu jumladan, Oʻzbekiston—Buyuk Britaniya „Mevalar kamalagi“; Oʻzbekiston—AQSH „Shahinterneshnl“; Oʻzbekiston—Rossiya „Kompasqoqsuv“; Oʻzbekiston—Turkiya „Shahri Kesh“; Oʻzbekiston—Turkiya— Yaponiya „Oqsaroy toʻqimachi LTD“ va boshqalar), kichik, oʻrta biznes subyektlari faoliyat koʻrsatadi. Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Buxoro oziqovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutining umumtexnika fti, kasb-hunar kolleji va akademik litseylar ishlab turibdi. 10 ta jamoat kutubxonasi, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, teatr, tarix va moddiy madaniyat muzeyi, 3 ta bolalar musiqa va sanʼat maktabi, 2 ta bolalar sport maktabi bor. 3 ta tennis korti, 3 ta suzish havzasi, stadion, 18 ta sport zali mavjud. Markaziy kasalxona (1050 oʻrin), yangi jarrohlik markazi aholiga xizmat koʻrsatadi. Transport yoʻli vokzali, avtovokzal, aeroport ishlab turibdi. "Kesh'' va „Shahrisabz“ mehmonxonalari bor. shahrida Amir Temurning ulugʻvor haykali (haykaltaroshlar: Ilhom va Kamol Jabborovlar, meʼmor Botir Usmonov) oʻrnatilgan (1996).
Shahrisabz zaminida bir qancha olim va ulamolar, shoirlar voyaga yetgan, jumladan, Abu Muhammad Keshiy (964 yilv.e.), Abu Jaʼfar Keshiy (951 yilv. e.), Abul Fazoil Keshiy (12-asr), Shamsuddin Kulol (Amir Temurning piri) va boshqalar shahrida 20 ga yaqin tarixiy meʼmoriy yodgorlik saqlanib qolgan. Temuriylar davrida qurilgan Oqsaroy qasrining peshtoq devori, Dor usSiyodat va Dor utTilovat majmualari, Koʻk Gumbaz masjidi, Gumbazi Sayidon, Shamsuddin Kulol maqbarasi, Jahongir maqbarasi, Hazrati Imom masjidi, shuningdek, Chorsu bozori (16-asr), Chubin madrasasi (16-asr), Abdushukur Ogʻaliq (19-asr), Eshonpir (19-asr), Kunduzak masjidlari kabi meʼmoriy obidalar saqlanib qolgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002-yil 29-martda shahrining 2700 yillik yubileyini nishonlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Ushbu yubiley butun mamlakatimizda va shahrida keng nishonlandi. Bu tantanalarda YUNESKO vakillari ham qatnashdi. Shahrisabz Jahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan (2002-yil dekabr). Shaharda koʻplab anjumanlar va konferensiyalar oʻtkaziladi.
Shahrisabz ahlining Temuriylar davri ulkan madaniy va maʼnaviy merosi, noyob tarixiy yodgorliklarini asrabavaylash, yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari qilib tarbiyalash va ularni ozod mamlakatimiz buyuk istiqbolini yaratishga qodir kishilar qilib voyaga yetkazish ishiga qoʻshgan alohida xizmatlari eʼtiborga olinib hamda sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati Shahrisabz „Amir Temur ordeni“ bilan mukofotlandi (1996-yil oktyabr).[2]
Adabiyotlar
Shahrisabz — ming yillar merosi, T., 2002; Shahrisabz shahrining jahon tarixida tutgan oʻrni, T., 2002; Qadimiy Kesh— Shahrisabz tarixidan lavhalar, T., 1998; Yaqubov B., Shahrisabz va Kitob tarixidan, Qarshi, 1996; Nosir Muhammad, Nasaf va Kesh allomalari, T., 2001.
↑Kamaliddinov SH. S. Istoricheskaya geografiya Yuzhnogo Sogda i Tokharistana po araboyazychnym istochnikam IX-nachala XIII vekov. Glava 1. Istoricheskaya geografiya Yuzhnogo Sogda Toshkent, 1996