Sud eksprtizasi - fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat va ma'muriy sud ishlarini yuritishda ish holatlarini aniqlashga qaratilgan hamda sud eksperti tomonidan fan, texnika, san'at yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlar asosida sud-ekspert tekshirishlarini o'tkazish va xulosa berishdan iborat bo'lgan protsessual harakatdir[1].
Sud ekspertizasining o'ziga xos xususiyatlari
Birinchidan
sud ekspertizasi qonunda nazarda tutilgan tartibda o'tkaziladigan protsessual harakat. Uni o'tkazish uchun aniqlanadigan holatning aniq shart-sharoiti, muhimligi va ahamiyatidan kelib chiqqan holda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Ekspert ekspertiza tekshiruvini faqat qaror (ajrim) va tadqiqot obyektini olgandan so'nggina o'tkazadi.
Ikkinchidan
ekspertiza tayinlash, o'tkazish, natijalarini rasmiylashtirish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Uchinchidan
ekspertiza fan, texnika, san'at yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlar, amaliy tajriba va maxsus ko'nikmalarga ega shaxs tomonidan o'tkaziladi.
To'rtinchidan
ekspert tomonidan jinoyat ishining barcha holatlari emas, balki ayrim jihatlari tadqiq etiladi.
Beshinchidan
sud ekspertizasi natijalari ekspert xulosasi shaklida rasmiylashtiriladi hamda dalil ahamiyatiga ega bo'ladi.
Oltinchidan
ekspertiza xulosasiga baho berish, undan dalil sifatida foydalanish surishtiruvchi, tergovchi prokuror yoki sud vakolatiga taalluqli.
Sud ekspertizasi predmeti va obyektlari
Ekspertiza predmeti
Ekspertiza predmeti deganda, amaliy jihatdan muayyan turdagi ekspertiza tomonidan obyektni tadqiq etish yo'li bilan hal etiladigan aniq vazifalar tushuniladi.
Ekspertiza obyekti
Ekspertiza obyekti ekspert tekshirishi uchun beriladigan aniq obyektlar.
Ekspert tekshiruvi obyektlari[2]
Ashyoviy dalillar
Tekshirish uchun namunalar
Murdalar va ularning qismlari
Tirik odam
Sud ekspertizasi o'tkazilayotgan ish materiallari
Hujjatlar
Boshqa moddiy obyektlar
Sud ekspertizalar klassifikatsiyasi
Sud ekspertiza klassifikatsiyasi[3] (lotincha "classis" - "turkum", "facere" - "qilish" so'zlaridan olingan bo'lib, hajmni bo'lishning majmui tushuniladi) jinoyat ishini yuritish nazariyasi va amaliyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo'lib, aniq ilmiy va amaliy maqsadlar hamda tashkiliy-boshqaruvdagi muammolarni hal etish uchun xizmat qiladi.
Sud ekspertiza quyidagi darajalar bo'yicha klassifikatsiya qilinadi[4]:
Manbalar
https://lex.uz/ru/docs/-1633666
https://advice.uz/oz/document/2651 Sud ekspertizasi
https://kun.uz/uz/news/2022/04/08/sud-ekspertizasi-togrisidagi-qonunning-yangi-tahriri-elon-qilindi «Sud ekspertizasi to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi e’lon qilindi
Havola
- ↑ https://lex.uz/acts/-1633102
- ↑ „Судебная экспертиза“.
- ↑ „klassifikatsiya“.
- ↑ „Экспертиза специальных химических веществ“.