Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

World Book Encyclopedia

Dunyo kitobi ensiklopediyasi

Ensiklopediyaning logotipi
Asl nomi The World Book Encyclopedia
Til inglizcha
Janr(lar)i ensiklopediya
Nashriyot World Book, Inc.
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1917 — bugun

World Book Encyclopedia“ (talaffuzi: Uorld Boʻk Ensayklopidiya), „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ — AQSHda chop etiladigan universal ensiklopediya. Ensiklopediya nashriyotiga koʻra, „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ „jahondagi eng bozori chaqqon bosma ensiklopediyadir“.[1] Ensiklopediyada ilmning asosiy sohalari muntazam tartibda yoritilgan. Xususan, ilm, texnika va tibbiyot sohalari boʻyicha maqolalar ayniqsa chuqur yozilgan.[2] „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“da maqolalar soddaroq ingliz tilida yozilgan. Bunga qaramasdan, mavzular juda chuqur yoritilgan.[3] „Oilaviy“ ensiklopediya oʻlaroq sotiladigan ensiklopediya 15 yoshdan yuqori oʻquvchilarga moʻljallangan.[4]

Ensiklopediya nashriyoti Illinois shtatidagi Chicago shahrida joylashgan. Birinchi nashri 1917-yil chop etilgan va 8 jilddan iborat boʻlgan. Oʻsha paytdan beri har yili yangi nashr chiqarilib kelinmoqda. Faqat 1920-, 1924- va 1932-yillardagina yangi nashr chiqarilmagan. 1929-yilgi (13 jild), 1947-yilgi (19 jild), 1960-yilgi (20 jild) va 1988-yilgi (yangi font va sahifa dizayni hamda 10 000 ga yaqin muharrir oʻzgartirishlari) nashrlarda katta oʻzgartirishlar kiritilgan.[5]

1917-yilgi nashrni Hanson-Roach-Fowler Company (talaffuzi: Henson-Rooʻch-Fauler Kompani) chop etgan. Ikki yil ichida Dunyo kitobi W.F. Quarrie & Company (talaffuzi: Dablyoʻ Ef Kuori end Kompani) mulkiga aylangan. 1945-yil „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ Field Enterprises (talaffuzi: Fiild Enterprayzes) qoʻliga oʻtgan. 1978-yil Berkshire Hathaway (talaffuzi: Berkshayer Hatavey) xolding kompaniyasining boʻlimi Scott Fetzer (talaffuzi: Skot Fetzer) „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ni sotib olgan.

Tarixi

„Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ning birinchi nashri 1917-yil chop etilgan. 1917-yilgi nashrni Hanson-Roach-Fowler Company (talaffuzi: Henson-Rooʻch-Fauler Kompani) chop etgan. Ikki yil ichida Dunyo kitobi W.F. Quarrie & Company (talaffuzi: Dablyoʻ Ef Kuori end Kompani) mulkiga aylangan. 1945-yil „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ Field Enterprises (talaffuzi: Fiild Enterprayzes) qoʻliga oʻtgan. 1978-yil Berkshire Hathaway (talaffuzi: Berkshayer Hasavey) xolding kompaniyasining boʻlimi Scott Fetzer (talaffuzi: Skot Fetzer) „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ni sotib olgan.

Hozirgi kunda „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ elektron koʻrinishda Microsoft Windows va Applening Mac OS Xi uchun ham chiqariladi. 1998-yili ensiklopediyaning kitob va CD-ROM nashrlaridan tashqari „Dunyo kitobi onlayn izlash markazi“ (inglizcha: „World Book Online Reference Center“) deb nomlanuvchi onlayn nashri ishga tushgan.

Jildlar

Ensiklopediyaning birinchi nashri 8 jildli boʻlgan va 1917-yil nashr qilingan. 1918-yil jildlar soni 10 ga yetgan. 1918-yil davomli tahrir qilish metodi kirgizilgan. 1925-yildan boshlab har yili yangi nashr chiqarila boshlangan. 1929-yilgi nashri 13 jildda boʻlgan. 1933-yilgi nashrida boʻlsa jildlar soni 19 ga yetgan. 1960-yilgi nashr 20 jildli qilib chop etilgan. 1971-yildan beri „Dunyo kitobi“ 22 jildda chiqarilib kelyapti.

Yillar davomida „Dunyo kitobi“ning dizayni oʻzgacha boʻlib kelmoqda. Boshqa ensiklopediyalardan farqli oʻlaroq, „Dunyo kitobi“ alifbo harflariga moslashtirilib har xil qalinlikdagi jildlarda chop etiladi. Koʻp jildlar faqat bitta harf boʻyicha mavzularni qamraydi. Juda koʻp maqolaga ega harflar („C“ va „S“) ikki jildga boʻlingan. Yonma-yon joylashgan va ozroq maqolaga ega harflar („J“—„K“, „N“—„O“, „Q“—„R“, „U“—„V“ va „W“—„Z“) bir jildda berilgan. Ensiklopediya muharrirlari muhim maqolalarni koʻpincha alohida sahifada ajratib berishgan.

Qamrovi

„Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ (1990)

22 jildli „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“da har qanaqa mavzu boʻyicha maʼlumot berilgan. Jugʻrofiya va biologiya boʻyicha maqolalar juda keng yoritilgan. Biznes, psixologiya, davlat, energiya, ekologiya va kriminologiya boʻyicha maqolalarga keng yondashilgan. AQSH haqidagi maqolalar ayniqsa juda ham keng koʻlamli qilib yozilgan. Maqolalarda matn bilan birga koʻplab rasm, jadval, diagrammalar berilgan. Masalan, AQSH haqidagi maqolalarda shtat qushi va shtat daraxti kabi mavzular yoritilgan maʼlumot qutilari berilgan. AQSH prezidentlari haqidagi maqolalarda oʻsha prezident ishlagan paytda boʻlib oʻtgan muhim tarixiy voqealar boʻyicha vaqt shkalalari berilgan.

„Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ oʻzini sotuvdagi eng zamonaviy ensiklopediya deb ataydi. Maqolalarining 33 foizi har yili tahrirlanadi.[4] Ensiklopediyada vizual materiallar juda koʻp berilgan. Dizaynning uchdan birini koʻrish uchun materiallar egallaydi. Shulardan 80 foizi yuqori sifatli rangli tasvirlardir. Ensiklopediyada bir maqoladan ikkinchisiga yoʻnaltirish keng qoʻllangan. Kitobda 150 000 dan oshiq soʻz kiritilgan katta analitik indeks ham berilgan.[6]

Oʻquvchilar „Dunyo kitobi“dan boshqa umumiy mavzudagi ensiklopediyalar kabi doklad yozishda keng foydalanishadi. Har bir maqola soʻnggida oʻsha maqola boʻyicha savollar va izlanish uchun qoʻshimcha maʼlumot manbalari keltirilgan. AQSHdagi aksar maktab kutubxonalarida „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ bor. AQSH davlati rivojlanayotgan mamlakatlardagi maktablarga ensiklopediyaning nusxalarini hadya qilgan. Masalan, Qirgʻizistondagi ber necha maktabga „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ AQSH davlati tomonidan sovgʻa qilingan.

Alternativ nashrlar

1959-yil koʻzi ojizlar uchun chiqarilgan „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“

1961-yil „Dunyo kitobi“ning koʻzi ojizlar uchun Braille shriftidagi nashri chiqarilgan. Bu nashr 145 jildli va 40 000 ga yaqin sahifali boʻlgan. Kompaniya bu nashrni tayyorlashda ketgan xarajatlarni qoplay olmasligini bilsa ham xayriya sifatida chiqaravergan. Bu nashrning barcha toʻplamlari koʻr odamlar tashkilotlariga hadya qilingan. 1964-yil kompaniya ensiklopediyaning katta harflar bilan yozilgan nashrini ham chop etgan.[7]

1980-yil „Dunyo kitobi“ audioyozuv qilib chiqarilgan birinchi ensiklopediya boʻldi. Bu nashr kassetalarda chiqarilgan va bu kassetalar uchun maxsus pleyer tayyorlangan.

Ensiklopediyaning Macintosh va Windows komputerlari uchun boʻlgan elektron nusxasi 1990-yil chiqqan. Ammo oʻsha paytda mavjud boʻlgan ikkinchi CD-ROM ensiklopediya boʻlmish „Akademik Amerika ensiklopediyasi“ (inglizcha: „Academic American Encyclopedia“) kabi muvaffaqiyatga erishmagan.

1992-yil Shimoliy Amerikadan tashqarida yashovchi ingliz tilida soʻzlashuvchilarga moʻljallangan xalqaro nashr ham chiqarilgan.

1998-yildan beri 22 tomli, 13 800 betli ensiklopediyaning kitob va CD-ROM nashrlaridan tashqari „Dunyo kitobi onlayn izlash markazi“ (inglizcha: „World Book Online Reference Center“) deb nomlanuvchi onlayn nashri ham ishlab kelyapti. Onlayn nashrda bosma nashrda berilgan barcha maqolalar bilan birga bir necha ming qoʻshimcha maqola berilgan. Yana onlayn versiyada „Dunyo kitobi“ 1992-yildan beri chiqarib kelgan har bir yilnoma ham berilgan.

Raqamli multimedia ensiklopediyasi

"Dunyo kitobi ensiklopediyasi"ning 2010-yilgi elektron nashri bosh sahifasi

„Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ elektron koʻrinishda Microsoft Windows va Applening Mac OS Xi uchun ham chiqariladi. Elektron nashrlarda 22 jildli ensiklopediyadagi barcha matn berilgan. Bundan tashqari, elektron versiyada rasmlar, videolar, uch oʻlchamli manzaralar va ovozlar ham bor. Maqolalarda toʻliq matn, multimedia fayllar, maqola rejasi, izlanish uchun yordam va kerakli maʼlumotga ishoratlar berilgan. Obuna boʻlganlar onlayn yangilanishlar va muntazam ravishda har oy haqida qisqacha maʼlumot olishlari mumkin.

Apple yangi komputerlarda OS X operatsion sistemasi oʻrnatilganda „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ning nusxasini qoʻshib sotgan.[8] Bu nashr Mac uchun moslashtirilgan boʻlgan. Masalan, osonroq interfeys, Bonjour programmasi orqali savol-javob (inglizcha: „Trivia Challenge“) oʻyini, muharrirlar maʼqullagan veb kameralar toʻplami, Notepad, soʻzlashish funksiyalari, „Bugungi kun tarixda“ (inglizcha: „This Day in History“), „Mediya oynasi“ (inglizcha: „Media Showcase“) va „Tarixchi“ (inglizcha: „Historian“) funksiyalari boʻlgan. Hozirda bu funksiyalar ensiklopediyaning Windows uchun moʻljallangan nusxalarida ham bor. 2007-yildan beri ensiklopediyaning Windows va Mac elektron versiyalarini Software MacKiev (talaffuzi: Softveyr Makiyev) kompaniyasi tayyorlab kelmoqda.

Boshqa bogʻliq bosma loyihalar

„Dunyo kitobi“ning boshqa mahsulotlari quyidagilardir:

  • „Dunyo kitobi lugʻati“ (inglizcha: „The World Book Dictionary“) — lugʻat; birinchi nashri 1963-yil chiqqan;
  • „Dunyo kitobi sikl oʻqituvchisi“ (inglizcha: „The World Book Cyclo-Teacher“) — bolalar uchun mustaqil oʻrganish qoʻllanmasi; 1960-yillarda chiqarilgan;
  • „Dunyo kitobi oʻquvchi kashfiyoti ensiklopediyasi“ (inglizcha: „The World Book Student Discovery Encyclopedia“) — yosh oʻquvchilar uchun ensiklopediya; 1999-yildan beri chiqadi;
  • „Childcraft“ (talaffuzi: Chayldkraft) — bolalar uchun rasmli toʻplam; 1930-yillarda chiqa boshlagan;
  • „Dunyo kitobi: jahondagi hayvonlar“ (inglizcha: „World Book’s Animals of the World“) — hayvonlar haqida toʻplam;
  • „Atrofimizdagi tirik tabiyat“ (inglizcha: „Our Living World of Nature“) — kitoblar seriyasi, 1967-yil chiqqan.

Manbalar

  1. „About World Book (Dunyo kitobi haqida)“. 2013-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-fevral. (Wayback Machine saytida 2013-02-18 sanasida arxivlangan)
  2. „Encyclopedias in English and Other Language (Ingliz va boshqa tillardagi ensiklopediyalar)“. Library Research Guides, Indiana University. 2012-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-fevral. (Wayback Machine saytida 2012-06-19 sanasida arxivlangan)
  3. Encyclopedia (Ensiklopediya) Microsoft® Student 2009 [DVD]. Redmond, WA: Microsoft Corporation, 2008.
  4. 4,0 4,1 „The World Book Encyclopedia 2012 (2012-yilgi „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“)“. 2012-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-fevral. (Wayback Machine saytida 2012-04-15 sanasida arxivlangan)
  5. Kobasa, Paul A. „Encyclopedia (Ensiklopediya)“. World Book Online Reference Center (2008). 2012-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 13-yanvar. (Wayback Machine saytida 2012-03-06 sanasida arxivlangan)
  6. Kennedy, Scott. Reference Sources for Small and Medium-sized Libraries (Kichkina va oʻrtacha kutubxonalar uchun izlash resurslari), 1999 — 27-bet. 
  7. Stockwell, Foster. A History of Information Storage and Retrieval (Ma’lumot saqlash va olish tarixi), 2001 — 137-bet. 
  8. „MACWORLD EXPO 2002 Press Announcement (MACWORLD EXPO 2002 matbuot eʼloni)“. Qaraldi: 2010-yil 27-aprel.

Havolalar

Read other articles:

Pour les articles homonymes, voir ASIC. Cet article est une ébauche concernant l’informatique et l’électronique. Vous pouvez partager vos connaissances en l’améliorant (comment ?) selon les recommandations des projets correspondants. Un ASIC. Un ASIC (acronyme de l'anglais application-specific integrated circuit, littéralement « circuit intégré propre à une application »[1]) est un circuit intégré spécialisé. En général, il regroupe sur la même puce un gra...

 

同じエイチ・ツー・オー リテイリング傘下で総菜などを製造する「阪急デリカアイ」とは異なります。 株式会社阪急フーズHANKYU FOODS INC.種類 株式会社市場情報 非上場本社所在地 日本〒569-0063大阪府高槻市南庄所町22番5号本店所在地 〒531-0071大阪府大阪市北区中津1丁目2番10号設立 2006年(平成18年)[1]6月1日[2]業種 食品製造業法人番号 6120001115085 事業内容 加工

 

Artikel ini sebatang kara, artinya tidak ada artikel lain yang memiliki pranala balik ke halaman ini.Bantulah menambah pranala ke artikel ini dari artikel yang berhubungan atau coba peralatan pencari pranala.Tag ini diberikan pada Februari 2023. Pangeran GabrielKelahiran12 Maret 2006 (umur 17)Jenewa, SwitzerlandWangsaNassau-WeillburgNama lengkapGabriel Michael Louis RonnyAyahPangeran Louis dari LuksemburgIbuPutri Tessy dari Luksemburg Pangeran Gabriel dari Nassau (Gabriel Michael Louis R...

Questa voce sull'argomento aeroporti è solo un abbozzo. Contribuisci a migliorarla secondo le convenzioni di Wikipedia. Segui i suggerimenti del progetto di riferimento. Aeroporto Internazionale di Skopjeaeroporto Codice IATASKP Codice ICAOLWSK Nome commercialeAeroporto Internazionale della Macedonia DescrizioneStato Macedonia del Nord RegioneSkopje Posizione17 km a sud-est di Skopje Altitudine238 m s.l.m. Coordinate41°57′40″N 21°37′37″E / 4...

 

Het kasteel Sarolea in Cheratte De Sarolea de Cheratte was een Zuid-Nederlandse adellijke familie. In de 19e bezaten ze onder meer concessies voor steenkolenwinning in Cheratte. Na verkoop van deze concessie werd de Steenkolenmijn van Hasard opgestart. Geschiedenis en genealogie Nicolas de Sarolea de Cheratte (1584-1658) trouwde met Elisabeth Heurkeau (1584-1673). Gilles de Sarolea de Cheratte (1617-1695), steenkolenontginner, trouwde met Catherine de Piroulle (1624-1696). In 1643 bouwde hij ...

 

Banco de España en Almería LocalizaciónPaís EspañaUbicación  Almería España EspañaCoordenadas 36°50′06″N 2°27′48″O / 36.835080555556, -2.4632027777778Información generalUsos bancoEstilo NeoclásicoConstrucción 1953Remodelación 2008[1]​Propietario Banco de EspañaOcupante Banco de EspañaDiseño y construcciónArquitecto Romualdo de Madariaga[editar datos en Wikidata] La antigua sucursal del Banco de España es un edificio situado...

Coordenadas: 48° 59' 30 N 6° 16' 38 E Silly-en-Saulnois   Comuna francesa    Localização Silly-en-SaulnoisLocalização de Silly-en-Saulnois na França Coordenadas 48° 59' 30 N 6° 16' 38 E País  França Região Grande Leste Departamento Mosela Características geográficas Área total 2,35 km² População total (2018) [1] 34 hab. Densidade 14,5 hab./km² Código Postal 57420 Código INSEE 57653 Silly-en-Saulnois �...

 

Diosa romana Victoria en fragmento de cerámica Aretina, Romano, Período de Augusto 31 a. C.– 14. d. C. Intaglio en lapis lazuli representado a Victoria, 100 - 200 A.D.,encontrado en Tongeren (Bélgica))Museo Galorromano, Tongeren (B) Victoria es, en la mitología romana, la diosa que personificaba el triunfo. Es hija de Estigia y hermana de Potestas, Vis e Invidia. Destacan sus templos en el Palatino y el Capitolio de Roma donde aún se conservan las estatuas que los triunfadore...

 

GB Lions & England rugby union player This biography of a living person relies too much on references to primary sources. Please help by adding secondary or tertiary sources. Contentious material about living persons that is unsourced or poorly sourced must be removed immediately, especially if potentially libelous or harmful.Find sources: Martin Bayfield – news · newspapers · books · scholar · JSTOR (January 2012) (Learn how and when to remove thi...

Painting by Antonio Gisbert The Execution of the Comuneros of CastileArtistAntonio Gisbert PérezYear1860MediumOil on canvasDimensions255 cm × 365 cm (100 in × 144 in)LocationPalacio de las Cortes, Madrid The Execution of the Comuneros of Castile (Spanish: Ejecución de los comuneros de Castilla) is a history painting by Antonio Gisbert, from 1860. Gisbert painted the oil on canvas in Rome.[1] He presented the painting to the 1860 National E...

 

Ancient pottery of Japan Ceramic jar from the Yayoi period Yayoi pottery (弥生土器 Yayoi doki) is earthenware pottery produced during the Yayoi period, an Iron Age era in the history of Japan, by an Island which was formerly native to Japan traditionally dated 300 BC to AD 300.[1] The pottery allowed for the identification of the Yayoi period and its primary features such as agriculture and social structure.[2] History Distinguishing characteristics of the Yayoi perio...

 

Japanese filmCrimson BatFilm poster for Crimson Bat, the Blind Swordswoman (1969)Directed by Teiji Matsuda[1][2] Hirokazu Ichimura[3][1] StarringYoko MatsuyamaProductioncompany Shochiku[1] CountryJapanLanguageJapanese Crimson Bat is the international title for the series of four jidaigeki films (three from 1969 and one from 1970) based on the character Blind Oichi (めくらのお市, Mekura no Oichi). Character The character of Blind Oichi is a blind s...

Bagian dari seri tentangKekristenan YesusKristus Yesus menurut Kristen Lahir Kiprah Wafat Kebangkitan Kenaikan AlkitabDasar Perjanjian Lama Perjanjian Baru Injil Kanon Gereja Syahadat Perjanjian Baru dalam Kitab Yeremia Teologi Allah Tritunggal Bapa Anak/Putra Roh Kudus Apologetika Baptisan Kristologi Sejarah teologi Misi Keselamatan SejarahTradisi Maria Rasul Petrus Paulus Bapa Gereja Kristen Perdana Konstantinus Konsili Agustinus Skisma Timur–Barat Perang Salib Aquinas Luther Reformasi De...

 

Stasiun Maki巻駅Sisi barat Stasiun Maki pada Maret 2020LokasiMakikō, Nishikan-ku, Niigata-shi, Niigata-ken 953-0041JepangKoordinat37°45′25″N 138°53′22″E / 37.7569°N 138.8894°E / 37.7569; 138.8894Koordinat: 37°45′25″N 138°53′22″E / 37.7569°N 138.8894°E / 37.7569; 138.8894Pengelola JR EastJalur■ Jalur EchigoLetak dari pangkal57.8 km dari KashiwazakiJumlah peron2 peron sampingJumlah jalur2Informasi lainStatusMemiliki st...

 

アブディウェリ・シェイハ・アフメドعبدالولي الشيخ أحمد 2014年撮影生年月日 1959年(63 - 64歳)出生地 ソマリア、ゲド州バルデラ出身校 ソマリ国立大学アルゴンキン大学(英語版)オタワ大学所属政党 無所属配偶者 あり ソマリアの首相在任期間 2013年12月21日 - 2014年12月24日大統領 ハッサン・シェイク・モハムドテンプレートを表示 アブディウェリ・シェイハ・...

United States: Texas Template‑class United States portalThis template is within the scope of WikiProject United States, a collaborative effort to improve the coverage of topics relating to the United States of America on Wikipedia. If you would like to participate, please visit the project page, where you can join the ongoing discussions. Template Usage Articles Requested! Become a Member Project Talk Unreferenced BLPs Alerts United StatesWikipedia:WikiProject United StatesTemplate:WikiProj...

 

Football tournamentCopa Juan MignaburuOrganising body AFA AUFFounded1935Abolished1943; 80 years ago (1943)RegionArgentina, UruguayNumber of teams2Related competitionsCopa Héctor Rivadavia GómezLast champions Argentina (1943)Most successful team(s) Argentina (5 titles) The Copa Juan Mignaburu was a football friendly competition contested between Argentina and Uruguay national teams between 1935 and 1943. Similar to Copa Premier Honor Argentino, all the editions (f...

 

КоммунаНардоитал. Nardò Герб 40°11′ с. ш. 18°02′ в. д.HGЯO Страна  Италия Регион Апулия Провинция Лечче История и география Площадь 190 км² Высота центра 45 м Часовой пояс UTC+1:00, летом UTC+2:00 Население Население 30807 человек (2008) Плотность 162 чел./км² Цифровые иденти�...

United States historic placeCarrie Blast Furnace Number 6 and 7U.S. National Register of Historic PlacesU.S. National Historic Landmark DistrictPittsburgh Landmark – PHLF Carrie FurnaceShow map of PennsylvaniaShow map of the United StatesLocationNorthern side of the Monongahela River 0.5 miles west of the Rankin Bridge in Munhall, Rankin, and SwissvaleCoordinates40°24′47.09″N 79°53′24.28″W / 40.4130806°N 79.8900778°W / 40.4130806; -79.8900778Area168 acres...

 

Jalan Pangeran Tubagus Angke adalah nama salah satu jalan utama Jakarta. Nama jalan ini diambil dari salah satu nama tokoh yang berpengaruh dan penyebar agama Islam, Pangeran Tubagus Angke. Jalan ini membentang sepanjang 5 kilometer dari Simpang Jalan Kedoya dan Jalan Daan Mogot (Wijaya Kusuma, Grogol Petamburan, Jakarta Barat) sampai perempatan Jalan Perniagaan Raya dengan Jalan Kyai Haji Mohammad Mansyur (Jembatan Lima, Tambora, Jakarta Barat). Jalan ini melintasi 6 Kelurahan, yaitu kelurah...

 
Kembali kehalaman sebelumnya