Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

Xitoylar

Xitoylar (oʻzlarini xanszu, xanʼ deb ataydilar, asosan tayvan, tay xalqi tasirida asimilyasiya boʻlgan turk(tatar)halqlari) – xalq. XXRning asosiy aholisi. Shuningdek, Xitoyliklar Tailand, Malayziya, Indoneziya, Singapur, Vyetnam, Birma, Filippin va Kambodjada yashaydi. Dunyoda son jihatdan eng koʻp xalq hisoblanadi. Umumiy soni taxminan 1,325 mlrd. kishi (2003 y.). Xitoy tilish soʻzlashadilar. X.ning asosiy qismi mongoloid irk?shing Tinch okean tarmogʻiga, X.ning kichik guruhlari esa Sharqiy Osiyo va Janubiy Osiyo variantiga mansub. Yozuvi iyerogliflardan iborat. Dindorlari – asosan, budda diniga, daosizm, konfutsiylikka eʼtiqod qiladi, musulmonlar, xristianlar ham bor. Qadim zamonda X. sya, xuasya deb nomlangan. Sya etnonimining xanga aylanishi Xitoyni 2marta birlashtirgan xan sulolasi nomi bilan bogʻliq. Xan etnonimi odatga kirgandan soʻng ushbu xalq tili xanyuy, yozuvi xanszi deb ataldi. Xitoylar 4000 yillik yozma tarixga ega boʻlib, ular ilk bor Xuanxe (Qoramuron) daryosi quyi oqimi boʻylarida yashashgan. X. ajdodlari qatoriga mil. av. 2ming yillikda turli xil madaniyatlar (Yanshao, Lunshan va boshqalar)ni yaratgan, Xuanxe va Yanszi daryolari havzasida dehqrnchilik bilan shugʻullangan qabilalar kirgan. Mil. av. 2ming yillikda hozirgi Xenan, Shensi, Shansi viloyatlari xududida ibtidoiy jamoa munosabatlarining asosiy belgilari saqlanib qolgan In davlati paydo boʻldi. Inliklarning gʻarb tomonida ularga kardosh boʻlgan chjou qabilalari yashab, ular mil. av. 11-asrda In davlatini istilo qilishgan. Mil. av. 11—3-asrlarda hozirgi Xitoy hududida in va chjou xalqlarining avlodlari bilan aralashib ketgan turli xalqlar (man, jun, di, i) yashagan. Shuningdek, mil. av. 1-ming yillik oʻrtalaridan xitoy manbalarida Yanszi daryosidan janubida yashagan koʻp sonli yue qabilasi ham tilga olingan. Bu qabilalarning koʻpchiligi, asosan, tay xalqlarining, shuningdek, indonezlar, vyetnamlar va monkxmer xalklarining ajdodlari hisoblangan. X.ning oʻziga xos mentaliteti, anʼanasi, urfodatlari, axloq normalari, milliy goyasi va madaniyati mavjud. Asosan, qishloq xoʻjaligi (sholi, paxta yetishtirish), pillachilik, bogʻdorchilik, choy yetishtirish bilan shugʻullanadilar. Xitoy chinnisi dunyoda juda mashhur.





Kembali kehalaman sebelumnya