Zafarmurod Abdurahmatov (2003-yil 28-aprelda tavallud topgan) — oʻzbek futbolchisi, Nasaf jamoasi va Oʻzbekiston U23 futbol terma jamoasi yarimhimoyachisi.
Biografiyasi
Zafarmurod Abdurahmatov 2003-yil 28-aprelda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tavallud topgan.
Futbolchilik faoliyati
Zafarmurod Abdurahmatov — Nasaf futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2021-yilgi mavsumgacha Zafarmurod Abdurahmatov Nasaf U18 jamoasi tarkibida harakat qilgan. 2021-yil 1-yanvardan Nasaf U21 jamoasiga koʻchib oʻtgan.
Nasaf
Zafarmurod Abdurahmatov 2022-yil 1-yanvardan Nasafning asosiy jamosida koʻrinish bera boshladi. Uning Nasaf jamoasi tarkibidagi dastlabki oʻyini 2022-yil 2-may kuni Qoʻqon 1912 jamoasiga qarshi bo‘ldi. O‘yinning 90-daqiqasida Oybek Bozorov oʻrniga maydonga tushdi. Ushbu oʻyin 0:1 hisobida Nasaf jamoasi gʻalabasi bilan yakunlandi[1]. 2022-yilgi mavsumda Zafarmurod Abdurahmatov umumiy hisobda 7 ta oʻyinda maydonga tushib 229 daqiqa maydonda harakat qilgan[2].
2023-yilgi mavsum
Zafarmurod Abdurahmatov 2023-yilgi mavsumda Nasaf jamosi safida Oʻzbekiston superligasida 4 ta, Oʻzbekiston kubogida 2 ta oʻyin oʻtqazadi va 1 ta gol kiritdi. Umumiy hisobda 249 daqiqa maydonda harakat qildi[3][4]. 2024-yil AFC Osiyo kubogi 2023 musoboqasidan soʻng transfer narxi 500 ming $ gacha koʻtarilgan[5].
Terma jamoadagi faoliyati
Zafarmurod Abdurahmatov Oʻzbekistonning bir qancha yosh toifasidagi jamoalarida oʻynagan. Jumaladan Oʻzbekiston U19, Oʻzbekiston U20 va Oʻzbekiston U23. Temur Kapadze qoʻl ostida Oʻzbekiston U19 jamoasida 2022-yil 8-sentyabr kuni Argentina U20 jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qiladi[6]. Ravshan Haydarov qoʻl ostida Oʻzbekiston U20 jamoasida 2023-yil 14-fevral kuni Tojikiston U20 jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qiladi. 2023-yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan U-20 Osiyo kubogida Oʻzbekiston U20 jamoasi Osiyo chempioniga aylandi[7].