Abdulla Nigʻmatovich Aripov (Абдулла Ниғматович Арипов, 1961-yil24-may kuni Toshkent shahrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik muhandis va iqtisodchi, davlat va siyosat arbobi, 2016-yildan mamlakat bosh vaziri[1][2].
1983-yildan 1992-yilgacha Toshkent telefon-telegraf stansiyasida 1-toifali muhandis lavozimida faoliyat olib borgan. 1992—1993-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligida bosh mutaxassis sifatida ishlagan. 1993—1995-yillarda „Oʻzimpeksaloqa“ tashqi savdo firmasi direktorining oʻrinbosari, 1995-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining qurilish va taʼminot boʻlimi rahbari, 1995-1996-yillarda „TashAfinalAL“ korxonasi bosh direktori lavozimlarida ishlagan[3].
Abdulla Aripov 1996—1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi xususiylashtirish va raqobatni kuchaytirish boʻlimi boshligʻi, 1997—yilda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi bozor islohotlari va qimmatli qogʻozlar boʻlimi rahbari, 1997—2000-yillarda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish davlat fondi raisi, 2000—2001-yillarda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi direktori oʻrinbosari, 2001—2002-yillarda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi direktori vazifalarida ishlagan.
A. Aripov 2002-yildan boshlab hukumat tarkibiga kiradi[4]. 2002—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻribosari – Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori, 2005-2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻribosari, aloqa, telekommunikatsiyalar, ijtimoiy soha, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat masalalari majmuasi rahbari lavozimlarida faoliyat olib borgan[4].
Abdulla Nigmatovich mana shu uch yilda koʻp narsalarni oʻrgandilar. Bosh vazir oʻrinbosari boʻlib yurish u boshqa narsa narsa. Ammo Bosh vazir boʻlib yurish va katta-katta masalalarni hozirgi sharoitda boʻyniga olib va ularni bilan til topishib, hududlarni, tarmoqlarni rivojlantirish oson narsa emas. Men 14 yillik ushbu lavozimda oʻtirgan va uch marta qayta-qayta shu lavozimga tayinlangan odam sifatida aytamanki, Bosh vazirning yuragidan qanday hissiyotlar oʻtayotganini men sezaman. Nega desangiz, Abdulla Nigmatovichni men 20 yildan beri yaxshi bilaman. Koʻp yillar yonma-yon boʻlib ishlaganmiz. Hayotda koʻp ogʻir tuhmatlar boʻldi va bu tuhmatlarni oʻzidan oʻtkazib hech qachon singani yoʻq. Shuning uchun men lavozimga oʻtirganimdan keyin Abdulla Nigmatovichni qaytarganim ham adolat nuqtai nazaridan bejiz emas
2016-yil13-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari lavozimiga qaytgan va yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari majmuasi rahbari etib tayinlangan[7]. 2016-yil13-dekabrdaOʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi tomonidan Bosh vazirlik lavozimiga nomzodi koʻrsatilgan[8]. 14-dekabrda ushbu lavozimga tasdiqlandi[9] 2020-yil yanvar oyida Bosh vazir lavozimiga qayta tasdiqlandi[10].
2024-yil4-oktyabrdaOʻzbekiston shaxmat federatsiyasining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov mamlakat shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi[11]. Mazkur lavozimda 2022-yilning may oyidan buyon ishlab kelayotgan Alisher Saʼdullayev federatsiya raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi[12].