Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

Abu Zayd ibn Sahl Balxiy

Abu Zayd ibn Sahl Balxiy (850-yil, Shomiyotiyon qishlogʻi, Balx viloyati – 934-yil) – geograf, falakiyotshunos, tilshunos va tabib. Oʻrta asr geografiya maktabining mumtoz vakili.

Abu Zayd qisqa muddat Buxoroda yashagan. U arab faylasufi Kindiyning shogirdi. Abu Zayd "Kitob fi fazli sinoat il-kitobat" (Kotiblik sanʼatining fazilati haqida kitob), "Kitob fi fazilati ilm il-axbor" (Tarix ilmining fazilati haqida kitob), Kitob ul-asmo il-kunya val-alqob (Laqablar, kunyalar va ismlar haqida kitob), Kitob un-nahv vat-tasrif (Grammatika haqida kitob), Kitob fi fazilati ulum ir-riyoziyot (Matematika ilmlarining fazilati haqida kitob) kabi 60 ga yaqin asarlar muallifidir.

Yer yuzining geografiyasiga oid "Suvar ul-aqolim" (Iqlimlar suratlari) asari 920-yillarda yozilgan boʻlib, asli saqlanib qolmagan, ammo uni oʻz davrida koʻrgan va oʻqigan sayyohlarning koʻrsatishicha, Abu Zayd oʻz kitobida xaritalar va Yerning tasvirini bermoqni maqsad qilgan, dunyoni qush shakliga oʻxshatib, doiraviy xaritasini chizgan. Bu asarni Istaxriy yangi maʼlumotlar (Fors viloyati, Xuziston, Shimoliy Hindiston geografiyasi) bilan boyitgan. Keyinchalik iromik Ibn Havqal ham bu kitobga baʼzi oʻzgarishlar va qoʻshimchalar qilgan, oqibatda "Kitob ul-masolik val-mamolik" mashhur geografik asar yuzaga kelgan. Kitob ichiga turli xaritalar ilova qilingan, bu xaritalar majmui fan tarixida „Islom atlasi“ nomi bilan mashhur[1].

Manbalar

  1. "Abu Zayd ibn Sahl Balxiy" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Kembali kehalaman sebelumnya