Avfiy Buxoriy , Muhammad Avfiy, Nuriddin Muhammad ibn Tohir ibn Usmon Buxoriy (1172/77, Buxoro – 1233, Hindiston ) – adabiyotshunos, tarjimon . Sharq adabiyotida tazkirachilik asoschilaridan.
Buxorodagi madrasada oʻqigan. 1201-yil Buxoroda ilek (hokim) saroyida kotiblik qilgan. Xorazm , Xuroson shaharlari – Nishopur , Tuye, Hirot , Marvga sayohat qilgan, Najmiddin Kubro , Shayx Majdiddin Bagdodiy kabi olimlar bilan muloqotda boʻlgan. 1204-yilgacha Samarqandda Qoraxoniylar sulolasining podsholari Ibrohim ibn Husayn va Usmon ibn Ibrohim saroylarida hizmat qilgan.
Moʻgʻul istilosi davrida Hindistonga ketib, umrining oxirigacha oʻsha yerda yashagan. "Lubob ulalbob" ("Magʻizlarning magʻzi") tazkirasini yaratgan (1222–23). 12 bobdan iborat mazkur tazkira moʻgʻul istilosidan avvalgi adabiyot va madaniyat arboblari haqida yagona manba sanaladi. 1223-yilda Krzi Muhsin Tannuhiy (Yu-asr)ning "Alfaraj" ("Shodlik") asarini arabchadan forschaga tarjima qilgan. A. B.ning ikkinchi yirik asari "Javomeʼ ul-hikoyot va lavomeʼ ul-rivoyot" ("Xikoyatlar toʻplami va rivoyatlar jilosi", 1228)da turli fanlarga oid ilmiy lavhalar, bahslar va xulosalar hikoya va rivoyat tarzida sodda bayon qilingan. Asar Sharqda keng tarqalgan, ayrim hikoyalari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.[ 1] [ 2]
Manbalar
↑ "Avfiy Buxoriy" OʻzME . A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
↑ Nodir hikoyalar, T., 1977; Hikoyalar va rivoyatlar, T., 1983.
Adabiyotlar
Olimlar Faylasuflar Islom ulamolari Shoir va sanʼatkorlar Tarixchi va siyosatchilar