Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

Dehqonchilik

Yomgʻirlar mavsumida dehqon

Dehqonchilik — 1) qishloq xoʻjaligining yerga ekib, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish bilan shugʻullanuvchi sohasi, ziroatchilik[1];

2) Ekin-tikin bilan shugʻullanish kasbi, mashgʻuloti[1];

3) Ekinzor, ekin dalasi[1];

4) qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish va tuproq unumdorligini oshirishning umumiy usullarini oʻrganadigan fan (agronomiyaning boʻlimi). Dehqonchilik fan sifatida yuqori va barqaror hosildorlikni taʼminlash uchun tuproqqa hamda ekinga taʼsir koʻrsatishning turli usullarini, xususan, tuproqning oʻsimlik oʻsishi va qulay sharoitlarni taʼminlaydigan suv, ozuqa, havo va harorat rejimini boshqarish, ilmiy asoslangan dehqonchilik tizimlarini va eng maqbul almashlab ekishni, shuningdek, hosildorlikni pasaytiradigan salbiy omillar (qurgʻoqchilik, garmsel, tuproq eroziyasi, begona oʻtlar va boshqa)ni bartaraf etish yoki ularning taʼsirini kamaytirish usullarini oʻrganadi va ishlab chiqadi. Dehqonchilik tuproqshunoslik, agrofizika, agrokimyo, seleksiya, urugʻchilik, qishloq xoʻjaligi fitopatologiyasi, entomologiya, melioratsiya, meteorologiya, yer tuzish va boshqa bilan chambarchas bogʻliq. Dehqonchilikka oid ilmiy tadqiqot ishlari ilmiy tadqiqot muassasalari, tajriba styalari, tajriba dalalari va tayanch punktlarida, qishloq xoʻjaligi oliy oʻquv yurtlarining tajriba dalalarida olib boriladi (yana qarang: Oʻsimlikshunoslik).

Oʻsimlik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun madaniy oʻsimliklar (qishloq xoʻjaligi ekinlari)ni yetishtirish; qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlaridan biri. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari, chorvachilikni yem-xashak, koʻpgina sanoat tarmoqlarini (oziq-ovqat, toʻqimachilik, farmatsevtika va boshqa)ni xom ashyo bilan taʼminlaydi. Chorvachilik bilan uzviy bogʻliq. Dalachilik (asosiy tarmoq), sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik, gulchilik, yaylov-oʻtloqchilik kabi tarmoqlarga boʻlinadi.

Dehqonchilikda ekinlarni parvarishlash va mahsulotlar yetishtirish texnologiyasining asosiy tadbirlari:

  • mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga moslashgan, qimmatli biologik va xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan navlar (duragaylar)ni tanlash, almashlab ekishla eng yaxshi oʻtmishdoshni tanlash;
  • ekin ekiladigan maydonlarda yerga yaxshi ishlov berish va oʻgʻitlarni qoʻllash;
  • urugʻlikni ekishga tayyorlash, ekish (muddatlari, urugʻlik ekish normasi, ekish usuli, ekish chuqurligi);
  • ekinlarni parvarishlash (tuproqqa ishlov berish, oziqlantirish, begona oʻtlarni yoʻqotish, ekinni zararkunanda hasharotlardan himoya qilish, defoliantlar va desikantlar qoʻllash);
  • hosilni yigʻib-terib olish (asosiy va ikkilamchi mahsulotlarni yigʻib-terib olish muddatlari va uni tashkil qilish, dalani oʻsimlik qoldiqlaridan tozalash, hosil yigʻib olingandan keyin yerni haydash);
  • yigʻib olingan hosilga dastlabki ishlov berish va boshqalar.

Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda mukammal agrotexnologiya mintaqa, muayyan hudud, xoʻjalik, almashlab ekish dalasining tuproq-iqlim sharoitlari va ekiladigan oʻsimlik xususiyatlariga, shuningdek, xoʻjalikning ishlab chiqarish resurslariga mos kelishi kerak. Dehqonchilikning asosiy vazifasi ekinlarni yetishtirishning ilmiy asoslangan jadal texnologiyalari negizida don, sabzavot, meva va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirishdan iborat.

Tuproq, joy, iqlim sharoitlarining xilma-xilligiga qarab dehqonchilikda ekiladigan ekinlar, tuproqqa ishlov berish usullari katta farqlarga ega. Namgarchilik yetarli boʻlgan moʻtadil mintaqalarda turgʻun dehqonchilik, qurgʻoqchilik hududlarida sugʻorma dehqonchilik, nam subtropik va tropiklarda 2*3 marta hosil yetishtiriladigan yil boʻyi dehqonchilik paydo boʻlgan. Shu munosabat bilan har bir mintaqa uchun dehqonchilik tizimi ishlab chiqiladi.

Shimoliy yarimsharda dehqonchilikning quyidagi turlari paydo boʻlgan:

  • Turgʻun dehqonchilik — tuproq-iqlim sharoitlari turli xil asosiy ekinlarni sugʻormasdan yetishtirish imkonini beradigan hududlarda;
  • Qurgʻoqchil dehqonchilik — ob-havo sharoitlari, atmosfera yogʻinlari beqaror boʻlgan dashtlarda;
  • Lalmi dehqonchilik — qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish faqat atmosfera yogʻinlariga bogʻliq boʻlgan, sugʻorilmaydigan yerlarda;
  • Sugʻorma dehqonchilikchoʻl, chala choʻl va quruq dasht hududlarda;
  • Togʻ dehqonchilik — tuprogʻi kam taraqqiy etgan, ammo tabiiy unumdorligi yuqori boʻlgan togʻli hududlarda;
  • Qutb dehqonchilik — chekka shimol mintaqasida.

Tarixi

Dehqonchilik tosh davrining soʻnggi bosqichi (neolit)da paydo boʻldi. Tuproqni yumshatishda ishlatilgan dastlabki qurol-yogʻoch yoki tosh poynakli yogʻoch soʻqa hisoblanadi. Tuproqqa ishlov berish qurollari (soʻqa, omoch, ketmon, plug) va ot-ulov kuchlari (ot, hoʻkiz, traktor, elektr tortish qurilmalari)ning takomillashib borishiga qarab haydalma dehqonchilik paydo boʻldi va rivojlandi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning oʻsishi, tabiatshunoslik fanlarining rivojlanishi natijasida dehqonchilik usullari ham oʻzgarib, asta-sekin ekstensiv shakllardan (olinadigan yalpi hosilni ekin maydonlarini kengaytirish hisobiga koʻpaytirish) intensiv shakllarga (yer maydonlarini kengaytirmagan holda ekinlar hosildorligi oʻsishini turli omillar — mexanizatsiya, melioratsiya, kimyolashtirish, agrotexnika va boshqa hisobiga taʼminlash) oʻtib, takomillashib bordi.

Hozirgi davrda jahonda dehqonchilik qilinadigan va koʻp yillik daraxtzorlar bilan band boʻlgan yerlar 1512 mln ga ni tashkil qiladi. Jahon dehqonchilikda bugʻdoy, sholi, makkajoʻxori, arpa, kartoshka, sabzavot-poliz ekinlari, mevalar, uzum eng koʻp ekiladi.

Jahon dehqonchilikda sugʻoriladigan jami yerlar maydoni 271,4 mln ga ni tashkil etadi. Sugʻoriladigan maydonlar (mln ga): Afrikada — 12,5, Shim. Amerikada — 30,4, Osiyoda — 191,2, Yevropada — 24,6, Avstraliyada — 2,4. Jahonda AQSH, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Qozogʻiston kabi mamlakatlarda katta maydonlarda Dehqonchilik qilinadi. Haydaladigan va doimiy ekiladigan yer maydoni AQShda 176,9 mln.ga (sugʻoriladigan yerlar 21,4 mln.ga), Xitoyda 124,1 mln.ga (sugʻoriladigan yerlar 52,5 mln.ga), Hindistonda 161,9 mln.ga (su-goriladigan yerlar 59 mln.ga), Rossiyada 127,9 mln.ga (sugʻoriladigan yerlar 4,6 mln.ga), Qozogʻistonda 30 mln.ga (sugʻoriladigan yerlar 2,3 mln.ga). 20-asr oxiriga kelib Yevropa mamlakatlarida ham sugʻorma Dehqonchilik rivojlandi. Sugʻoriladigan yerlar maydoni (mln.ga) Fransiyada — 2, Italiyada — 2,7, Ruminiyada — 2,8, Ispaniyada — 3,6, Ukrainada — 2,5 ni tashkil qiladi (1999).

Oʻrta Osiyoda dehqonchilik

Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi 1954-yil CPA 1773 markasi (SSSRda qishloq xoʻjaligi. Ekilgan kartoshka)

Oʻrta Osiyo, shu jumladan Oʻzbekiston dehqonchilikning qadimiy markazlaridan biri hisoblanadi. Ibtidoiy dehqonchilikdan madaniy dehqonchilikka oʻtish davrida Oʻrta Osiyoda Osiyo hamda Yevropaning boshqa mintaqalariga qaraganda yerni ishlashda qoʻllangan temir qurollar ertaroq paydo boʻlgan. Sergey Tolstovning taxminicha, miloddan avvalgi 2-ming yillikning oʻrtalarida Xorazmda qayir tipidagi sugorishga asoslangan chopiq qilinadigan dehqonchilik rivoj topgan. Fargʻona vodiysida ibtidoiy jamiyatda yashagan urugʻlar (ayniqsa jez davrida) soy va daryo etaklarida liman usulida sugʻorishnn qoʻllab, loyqa bosgan yerlarga tariq, arpa va boshqa donli ekinlar ekishgan. Arxeologik tadqiqotlarning koʻrsatishicha, Oʻrta Osiyoda miloddan avvalgi 10-asrda, asosan gʻalla ekinlari, sholi, gʻoʻza, kunjut, qovun, tok va boshqalar oʻstirilgan.

Oʻzbekistonda dehqonchilik

20-asr boshlariga qadar Oʻrta Osiyoda, xususan hozirgi Oʻzbekiston hududida dehqonchilikning texnikaviy va agronomik darajasi past edi. Asosan ekstensiv dehqonchilik tizimi qoʻllangan. Barcha qishloq xoʻjaligi ekinlari, jumladan gʻoʻza, makkajoʻxori, oq joʻxori, sholi, boshoqli don, dukkakli don ekinlari faqat qoʻl kuchi bilan yetishtirilar, don ekinlari hosildorligi gektariga 6-7 s dan oshmas edi. Asosiy ulov — ot, hoʻkiz, tuya, qishloq xoʻjaligi qurollari — omoch, ketmon, oʻroq, yogʻoch moladan iborat boʻlgan, mineral oʻgʻitlar umuman qoʻllanilmagan. 20-asrning 20-yillaridan Oʻzbekistonda dehqonchilikning ilmiy bazasini yaratish boshlandi, tajriba st-yalari, tajriba-tayanch xoʻjaliklari, ilmiy tadqiqot va oʻquv institutlari tashkil etildi, Dehqonchilikda turli mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalaridan foydalanila boshlandi, respublikaning oʻzida oʻgʻitlar ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari qurildi, irrigatsiya-melioratsiya qurilishi rivojlantirildi. Oʻzbekistonda keyingi 90 yil mobaynida asosiy dehqonchilik qilinadigan sugʻoriladigan yerlar maydoni 2,34 marta koʻpaydi va 2000-yilga kelib 4238,6 ming ga yetdi (1914-yilda 1809,5 ming ga). Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishda mexanizatsiyani keng joriy qilish natijasida dehqonchilik madaniyati yuksaldi: ekinlarni yetishtirish agrotexnologiyasi yaxshilandi, mineral oʻgʻitlardan foydalanishning salmogʻi va ularning turk tarkibi ortdi, tuproqning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari keng koʻlamda amalga oshirildi, davlat nav va urugʻlik nazorati ishlari yoʻlga qoʻyildi.

Payvandlash jarayoni

Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin umuman mamlakat qishloq xoʻjaligida, shu jumladan dehqonchilikda chuqur islohotlarni amalga oshirish davri boshlandi. Birinchi navbatda dehqonchilikni olib borishning tashkiliy shakllari oʻzgartirilib kolxozlar va sovxozlar dastlab jamoa xoʻjaliklariga, soʻngra 1995-yildan boshlab shirkatlar, ijarachilar uyushmalari, xalq korporatsiya va boshqalarga aylantirildi, dehqon xoʻjaligi, fermer xoʻjaligi kabi yangi xoʻjalik yuritish shakllari paydo boʻldi, qishloq xoʻjaligi korxonalarida oila pudrati keng yoyildi, aholining tomorqa xoʻjaligini rivojlantirishga eʼtibor berildi.

Oʻzbekistan Respublikasida dehqonchilikda tub burilishlarning huquqiy asoslarini yaratadigan "Yer toʻgʻrisida" (1990)[2], "Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida" (1993)[3], "Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida"[4], "Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida"[5], "Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida" (1998) va boshqa qonunlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi (1998)[6] qabul qilindi va amalga kiritildi.

Respublika qishloq xoʻjaligida dehqonchilik yetakchi oʻrinda turadi, uning qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti hajmidagi hissasi 60-65%. Dehqonchilikda agrotexnikaning ilgʻor usullarini qoʻllash, ekinlarning hosildor navlarini yaratish, navlarni muttasil yangilash va nav almashtirish, oʻgʻitlardan samarali foydalanish, oʻsimliklar himoyasi xizmatini yoʻlga qoʻyish, ekin maydonlari tarkiblarini oʻzgartirish tufayli yuqori natijalarga erishildi. Dehqonchilikda gʻoʻza maydonlari qisqartirildi, aholini oziq-ovqat bilan taʼminlashni tubdan yaxshilash uchun respublikada don ekinlari maydoni koʻpaytirildi va respublikaning gʻalla mustaqilligi taʼminlandi. 2000-yilda jami toifadagi xoʻjaliklarda ekin ekilgan maydonlar 3774,9 ming ga ni tashkil qildi. Ekin maydonlari tarkibida don ekinlari — 42,7, gʻoʻza — 38,2, sabzavot — 3,4, kartoshka — 1,4, yem-xashak ekinlari — 11,3, poliz ekinlari — 0,9% tashkil etdi. Respublika dehqonchiligida texnika ekinlari (gʻoʻza, tamaki, qand lavlagi), don ekinlari (bugdoy, sholi, arpa, makkajoʻxori, dukkakli don ekinlari), sabzavot-kartoshka, poliz ekinlari, yem-xashak ekinlari, bogʻdorchilik oʻz ahamiyatiga koʻra yetakchi oʻrinlarda turadi. Respublikada 2000-yilda (ming t) paxta — 3001,8, don — 3915,7, shu jumladan bugʻdoy — 3521,7, sholi — 154,8, makkajoʻxori doni — 131,4, kartoshka — 729,8, sabzavotlar — 2637,3, poliz mahsulotlari — 457,3, meva va rezavor meva — 796,9, uzum — 625,4 yetishtirildi.

Dehqonchilik madaniyatini ogʻishmay oshira borish, fan yutuqlarini va ilgʻor tajribalarini keng joriy etish natijasida Oʻzbekistonning koʻpgina ilgʻor xoʻjaliklarida paxta hosildorligi gektariga 35-45 s, boshoqli don ekinlari 50-70 s, sholi 60-70 s, kartoshka 250-300 s, poliz ekinlari 300-400 s, makkajoʻxori doni hosildorligi 80-100 s ga yetdi (qarang Lalmikorlik, Sugʻorma dehqonchilik);

Adabiyot

  • Ermatov, Abdurahim va Xolnazarov, Sulton. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Ermatov A., Dehqonchilik. T., 1990; Rasteniyevodstvo/Pod red. V. P. Vavilova, M., 1986; FAO Production yearbook 1999, vol. 53. [Food and Agriculture Organisation of the United Nations. Pome, 2001].

Manbalar

  1. 1,0 1,1 1,2 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023 — 964-bet. ISBN 978-9943-8834-4-4. 
  2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YER TO‘G‘RISIDAGI QONUNINI KUCHGA KIRITISH TARTIBI HAQIDA
  3. Baʼzi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
  4. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI. DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA
  5. “FERMER XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISHLAR VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
  6. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YER KODEKSI

Read other articles:

OceanoAtlântico OceanoPacífico Região Norte Região Nordeste Região Centro-Oeste Região Sudeste Região Sul Acre Amazonas Pará Roraima Amapá Rondônia Tocantins Maranhão Bahia Piauí Ceará Rio Grandedo Norte Paraíba Pernambuco Alagoas Sergipe Mato Grosso Mato Grossodo Sul DistritoFederal Goiás Minas Gerais São Paulo Rio de Janeiro Espírito Santo Paraná Santa Catarina Rio Grandedo Sul Argentina Bolívia Chile Colômbia Guiana Francesa Guiana Paraguai Peru Suriname Uruguai Venezue...

 

Azienda Ospedale-Università PadovaStato Italia LocalitàPadova IndirizzoVia Giustiniani, 1 Fondazione1778 Posti letto(dati 2019)[1] 1.632 Acuti 50 riabilitazione 1.682 totali Num. ricoveri annui(dati anno 2006) Ordinari 54.938 Day hospital 13.922 Num. impiegati4.784 Dir. generaleGiuseppe Dal Ben Dir. sanitarioMichele Tessarin Dir. amministrativoFabio Perina Sito webwww.aopd.veneto.it/ Mappa di localizzazione Modifica dati su Wikidata · ManualeCoordinate: 45°24′15.53″N...

 

Recogida del ámbar, Studiolo de Francisco I, Palazzo Vecchio, Florencia. Betsabé en el baño, Museo del Hermitage. Giovanni Battista Naldini (Fiesole, 1535-Florencia, 18 de febrero de 1591) fue un pintor italiano del manierismo tardío en Florencia. Biografía Durante su periodo de aprendizaje (1549-1557) estuvo en el estudio de Jacopo da Pontormo, de quien fue el heredero artístico. Marchó a Roma durante unos meses en 1560 y fue llamado a Florencia hacia 1562 para trabajar a las órdenes...

Lachine foi uma localidade na ilha de Montreal no sudoeste do Québec, Canadá. Em 2002 perdeu seu estatuto de município e passou a ser um bairro (arrondissement) da cidade de Montreal. Geografia Está localizado na parte sudoeste da ilha de Montreal, no acesso ao canal de Lachine, entre a cidade de LaSalle, e a cidade de Dorval. Era uma cidade separada até as fusões municipais de 1 de janeiro de 2002 e permaneceu assim depois da reforma administrativa de 1 de janeiro de 2006[1]. Lachine f...

 

Костянтин Скопцов |Діяльність= При народженні Костянтин Михайлович СкопцовНародження 13 грудня 1958(1958-12-13) (64 роки)м. Одеса, УкраїнаНаціональність українецьКраїна  СРСР УкраїнаЖанр графіка і ілюстраціяДіяльність художникСайт Офіційний сайт  Скопцов Костянтин

 

جزء من سلسلة مقالات حولالإسلام حسب البلد الإسلام في إفريقيا أنغولا بنين بوتسوانا بوركينا فاسو بوروندي الكاميرون الرأس الأخضر أفريقيا الوسطى نشاد الجزائر جزر القمر الكونغو الديمقراطية الكونغو ساحل العاج جيبوتي مصر غينيا الاستوائية إريتريا إثيوبيا الغابون غامبيا غانا غين

«Підготовка до весілля» Шлюб у Стародавній Греції полягав менше в особистих стосунках і більше в соціальній відповідальності. Метою та основною ціллю всіх шлюбів було народження дітей, що робило шлюб питанням суспільного інтересу. Шлюби зазвичай влаштовували батьки; і�...

 

هذه المقالة يتيمة إذ تصل إليها مقالات أخرى قليلة جدًا. فضلًا، ساعد بإضافة وصلة إليها في مقالات متعلقة بها. (يونيو 2019) غرانت توماس معلومات شخصية الميلاد سنة 1941 (العمر 81–82 سنة)  مواطنة نيوزيلندا  الحياة العملية المهنة سياسي  تعديل مصدري - تعديل   غرانت توماس (بالإنجل

 

Bezirk Wels-Land Lage im Bundesland Oberösterreich Lage des Bezirks Bezirk Wels-Land im Bundesland Oberösterreich (anklickbare Karte) Basisdaten Bundesland Oberösterreich NUTS-III-Region AT-312 Verwaltungssitz Wels Fläche 457,71 km²(31. Dezember 2019) Einwohner 76.130 (1. Jänner 2023) Bevölkerungsdichte 166 Einw./km² Kfz-Kennzeichen WL Bezirkskennzahl 418 Bezirkshauptmannschaft Bezirkshauptfrau Elisabeth Schwetz Webseite www.bh-wels-land.gv.at Karte Lage der Gemein...

Pourcentage de mots de l'anglais moderne dérivés de chaque groupe linguistique, selon une étude :Latin : ~ 29 %Français : ~ 29 %Germanique : ~ 26 %Autres : ~ 16 % Le noyau de la langue anglaise descend du vieil anglais, apporté des années 500 avec les colons anglo-saxons et jutes à ce qu'on appellerait l'Angleterre. La majeure partie de la langue dans les textes parlés et écrits provient de cette source. En règle générale, environ un qu...

 

vz. 52 and vz. 52/57 Vz. 52 Jenis Senapan semi-otomatis Negara asal Republik Sosialis Cekoslowakia Sejarah pemakaian Pada perang Krisis Lebanon 1958Perang VietnamInvasi Teluk Babi[1]Konfrontasi Indonesia–Malaysia[2]Perang Semak RhodesiaPerang Perbatasan Afrika Selatan[3]Perang Saudara NigeriaPerang Yom KippurPerang Saudara Lebanon[4]Invasi Amerika Serikat ke Grenada[5]Perang Irak[6]Konflik KivuPerang Saudara Suriah[7] Sejarah...

 

بحيرات مصر هي مجموعة البحيرات التي توجد في مصر ويبلغ عددها 11 بحيرة. ولها أهمية اقتصادية كبرى كمصدر هام للثروة السمكية وللملح. يضم حوض البحر المتوسط في شمال مصر خمسة بحيرات شمالية وترتيبها من الغرب إلى الشرق (مريوط – إدكو - البرلس – المنزلة – البردويل) وتمثل هذه البحيرات أهمي

René Waldeck Rousseau kan verwijzen naar: René Waldeck-Rousseau (vader), Frans politicus, in 1870 burgemeester van Nantes René Waldeck-Rousseau (zoon), Frans politicus, premier van 1899 tot 1902, zoon van de voorgaande Bekijk alle artikelen waarvan de titel begint met René Waldeck-Rousseau of met René Waldeck-Rousseau in de titel. Dit is een doorverwijspagina, bedoeld om de verschillen in betekenis of gebruik van René Waldeck-Rousseau inzichtelijk te maken. Op d...

 

p-Phenylenediamine Names Preferred IUPAC name Benzene-1,4-diamine Other names Paraphenylenediamine1,4-Diaminobenzene1,4-Phenylenediamine Identifiers CAS Number 106-50-3 Y 3D model (JSmol) Interactive image Beilstein Reference 749029 ChEBI CHEBI:51403 ChEMBL ChEMBL403741 ChemSpider 13835179 N DrugBank DB14141 ECHA InfoCard 100.003.096 EC Number 203-404-7 KEGG C19499 N PubChem CID 7814 RTECS number SS8050000 UNII U770QIT64J N UN number 1673 CompTox Dashboard (EPA) DTXSID9021...

 

The following is a list of novels based in the setting of the collectible card game Magic: The Gathering. When Wizards of the Coast was asked how the novels and cards influence each other, Brady Dommermuth, Magic's Creative Director, responded by saying generally the cards provide the world in which the novels are set, and the novels sometimes provide characters represented on cards. But cards also introduce their own characters that might not appear in the novels. In short, the Magic creativ...

Darah GarudaSutradara Yadi Sugandi Conor Allyn Produser Conor Allyn Gary L Hayes Jeremy Stewart Ditulis oleh Conor Allyn Rob Allyn PemeranLukman SardiDonny AlamsyahDarius SinathryaArio BayuTeuku Rifnu WikanaRahayu SaraswatiRudy WoworAstri NurdinAlex KomangAldy ZulfikarDistributorMedia Desa IndonesiaMargate HouseTanggal rilis8 September 2010Durasi100 menitNegara IndonesiaBahasa Indonesia Belanda AnggaranRp 30 Miliar [1]PendapatankotorRp. 6.111.390.000,00PrekuelMerah Putih (2009)SekuelH...

 

Wanna BeEP oleh AOABahasaKoreaDirilis10 Oktober 2012FormatMaxi single, Digital downloadDirekam2012GenreK-popDurasi11:22LabelFNC Entertainment Wanna Be[1][2] adalah singel kedua dari grup vokal wanita asal Korea Selatan AOA. Singel ini dirilis pada tanggal 9 Oktober 2012 melalui saluran YouTube resmi mereka. Referensi ^ Album Info. AOA Official Website. Diarsipkan dari versi asli tanggal 2012-08-01. Diakses tanggal 12 October 2012.  ^ AOA Single Album Vol. 2 - Wanna Be. ye...

 

Pencak silat padaPekan Olahraga Nasional XIX Seni Putra Putri   Tunggal     Tunggal     Ganda Ganda Regu Regu Tanding Putra Putri   Kelas A     Kelas A     Kelas B Kelas B Kelas C Kelas C Kelas D Kelas D Kelas E Kelas E Kelas F Kelas F Kelas G Kelas H Kelas I Pencak silat seni regu putra pada Pekan Olahraga Nasional XIX dilaksanakan pada tanggal 21 september 2016 di Graha Laga Satria, ITB Jatinangor,Kabupaten Sumedang, Jawa Barat.[1] J...

Kuroba KaitoTokoh Detektif Conan & Magic KaitoKaito Kuroba sebagai Kid si Pencuri (Kaito Kid)PenampilanperdanaManga Magic Kaito jilid 1 (file 1) Manga Detekif Conan jilid 16 (File 6)PenciptaAoyama GoshoPengisi suaraJepang:Kappei Yamaguchi[1] Inggris:Jerry Jewell Indonesia:Sumardi Richard miracleBiodataAliasKaito Kid, Kid the Phantom Thief, Kid si PencuriJulukanLupin of the Heisei Era (Lupin di Zaman Heisei)Jenis kelaminLaki- lakiKerabatToichi Kuroba (黒羽 盗一code: ja is depre...

 

British TV series or programme LegacyGenreDramaBased onLegacyby Alan JuddWritten byPaula MilneDirected byPete TravisStarring Charlie Cox Romola Garai Simon Russell Beale Geraldine James Christian McKay Olivia Grant Richard McCabe Andrew Scott Tessa Peake-Jones Barrie Martin Alec Utgoff Erick Hayden Theme music composerRuth BarrettCountry of originUnited KingdomOriginal languageEnglishProductionProducerRob BullockEditorStuart GazzardRunning time90 minutesProduction companySlim Film + Tele...

 
Kembali kehalaman sebelumnya